Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Ukrainaga 500 mln yevrolik harbiy yordamni ma’qulladi
Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga harbiy yordamning umumiy miqdorini 2,5 milliard yevrogacha oshirishga kelishib oldilar, dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel.
Yevropa ittifoqi Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib berish uchun yana 500 million yevro ajratadi. Tegishli qaror 18 iyul, dushanba kuni YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bryusseldagi yig‘ilishda kelishib olindi, dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel.
Shu tariqa, Yevropa tinchlikni qo‘llab-quvvatlash vositasi EPF (European Peace Facility) doirasida Yevropa ittifoqi davlatlaridan Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berishning umumiy hajmi 2,5 milliard yevroga yetadi, dedi u. «Yevropa tinchlik va qadriyatlarimizni himoya qilish yo‘lida harakat qilishda davom etmoqda. Men YeI kengashining Ukrainaga EPF doirasidagi beshinchi transhi bo‘yicha siyosiy qarorini olqishlayman», - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Ukrainaga birinchi 500 million yevrolik harbiy yordam paketi fevral oyi oxirida qabul qilingan, undan keyin yana uchtasi mart, aprel va may oylarida qabul qilingandi. YeI ma’lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘lar Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) uchun qurol-yarog‘larni moliyalashtirish, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari, sanitar materiallar va yonilg‘i yetkazib berish uchun sarflanadi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026