O‘zbekiston | 11:52 / 19.07.2022
3883
3 daqiqa o‘qiladi

Iyul oyi boshida oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanday o‘zgargani ma’lum qilindi

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Joriy yilning 1–17 iyul kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlari ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot e’lon qilindi.

Ushbu davr mobaynida bozorda bulg‘or qalampiri (qizil) mandarin va olma 2 500 so‘mga, kartoshka (yangi hosil, import) hamda karam 250 so‘mga, pomidor (qizil) 500 so‘mga arzonlagan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, kivi 8 500 so‘mga, limon 7 500 so‘mga, baqlajon 4 100 so‘mga, sarimsoq piyoz 3 500 so‘mga, mosh 3 000 so‘mga, turp 2 750 so‘mga, loviya va guruch (alanga) 1 500 so‘mga, guruch (lazer) 1 000 so‘mga, bodring va bulg‘or qalampiri (yashil) 500 so‘mga hamda lavlagi 250 so‘mga oshgan.

1–17 iyul kunlari umumiy qiymati 51 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 mln dollar ko‘p), jami 78,5 ming tonna (2 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda 11,2 ming tonna olxo‘ri, 9 ming tonna tarvuz, 8,5 ming tonna qovun, 6,2 ming tonna piyoz, 4,8 ming tonna uzum, 3,1 ming tonna sabzi, 2,6 ming tonna olma, 1,7 ming tonna shaftoli, 1,3 ming tonna pomidor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Ushbu davr mobaynida 3,2 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 5,2 ming tonna (43,8 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 1,9 ming tonna banan, 1,5 ming tonna kartoshka, 163 tonna olma, 156 tonna apelsin, 42,7 tonna mandarin import qilingan.

Qo‘yliq bozoriga 1–17 iyul kunlari hududlardan jami 16,1 ming tonna, xususan, 5,5 ming tonna kartoshka, 6,9 ming tonna piyoz, 604 tonna karam va 3,1 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Surxondaryodan 3 076 tonna, Toshkent viloyatidan 1 327 tonna, Namangandan 1 043 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 5 247 tonna va Surxondaryodan 1 044 tonna piyoz, Jizzaxdan 516 tonna, Namangandan 126 tonna;

Toshkent viloyatidan 604 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 874 tonna, Andijondan 451 tonna, Surxondaryodan 436 tonna, Qashqadaryodan 407 tonna, Sirdaryodan 338 tonna Farg‘onadan 300 tonna, Jizzaxdan 245 tonna, sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, Qo‘yliq bozoriga Pokistondan 55 tonna kartoshka keltirilgan.

«Chorsu» dehqon bozoriga 1–17 iyul kunlari jami 150,1 tonna, shu jumladan 127 tonna mol go‘shti va 23,1 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Mavzuga oid