Uning sözlariga köra, yaqinda Eron poytaxti Tehronda hibslar tölqini boşlangan: mahalliy politsiya itlarni xiyobonlarda sayr qildirişni jinoyat deb atagan, şu tufayli, ularning egalari hibsga olingan va jonivorlar olib ketilgan.
Rasmiylar itlarni sayr qildiriş taqiqlanganini «jamoat xavfsizligini himoya qiliş» zarurati bilan izohlamoqda.
Ayni paytda Eron parlamenti uy hayvonlariga faqat maxsus ruxsatnoma orqali egalik qiliş imkonini beruvçi qonun loyihasini körib çiqmoqda.
«Ğarblaşuv» belgilari
Qonun loyihasida qayd etilganidek, it yoki muşuk oliş uçun eronliklar maxsus hukumat qömitasiga murojaat qilişi kerak. Şu bilan birga, har qanday uy hayvonlarini, hatto quyonlar va toşbaqalarni ham «ruxsatsiz mamlakatga olib kiriş, sotib oliş va sotiş, taşiş va uyda boqiş» uçun taxminan 800 dollar miqdorida jarima nazarda tutilgan.
Eron veterinariya assotsiatsiyasi prezidenti va qonun loyihasiga muxolif bölgan doktor Payom Muhibiyning sözlariga köra, bu boradagi bahslar ön yil oldin boşlangan. Öşa paytda bir guruh deputatlar itlarni egalaridan tortib olib, hayvonot boğlariga topşiriş yoki çölga taşlab kelişni taklif qilişgan.

«Şu vaqt içida ular qonun loyihasini bir neça bor özgartirişdi va hatto it egalariga jismoniy jazo berişni ham muhokama qilişdi. Lekin loyiha heç qayoqqa siljimadi», deydi Muhibiy.
Eron qişloqlari aholisi itlarni har doim boqişgan, ammo XX asrda uy hayvonlari ham urbanizatsiya timsoliga aylandi.
Eron hayvonlarni himoya qiliş böyiça qonunlarni qabul qilgan Yaqin Şarqdagi birinçi davlat edi. 1948 yilda uşbu qonunlarning amal qilinişini nazorat etuvçi ilk davlat taşkiloti paydo böladi. Itlar hatto qirol oilasi a’zolarida ham bor edi.
Şoh Muhammad Rizo Pahlaviyning ağdarilişi bilan yakunlangan 1979 yilgi inqilob hammasini özgartirdi. Bu voqea Erondagi köplab sohalarga, şu jumladan uy hayvonlari bilan boğliq holatlarga ham ta’sir qildi.
Yangi tuzum nazarida itlar Ğarb va uning turmuş tarzi timsoli edi. Eron hukumati buni yöq qilişga urinayotgandi.












