21 iyul kuni Çölponota şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötdi.

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov raisligidagi sammitda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov iştirok etdi.

Mintaqaviy xavfsizlikka zamonaviy xatar va tahdidlarga qarşi birgalikda çora köriş borasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari, Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror iqtisodiy ösişini ta’minlaş, faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarini davom ettiriş maqsadida mintaqaviy şeriklikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston rahbari öz nutqida uşbu formatda yölga qöyilgan muntazam muloqot tufayli Markaziy Osiyoda döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga, mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratişga muvaffaq bölinganini ta’kidladi.

«Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, izçil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaş böyiça murakkab vazifalarni izçil hal qilib kelyapmiz», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bu borada köplab tösiqlar bartaraf etildi, fuqarolarimiz erkin harakatlanişi, faol madaniy va turistik almaşinuvlar amalga oşirilişi uçun şaroitlar yaratildi. Özaro savdo va investitsiyalarning ösişiga xizmat qilayotgan qulay muhit şakllantirildi.

Mintaqa mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga kirişdi, samarali qöşilgan qiymat zanjirlarini yaratmoqda, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirmoqda.

«Eng muhimi – barça ijobiy özgarişlarni birodar xalqlarimiz his qilmoqda», dedi mamlakat yetakçisi.

Global vaziyat

Şavkat Mirziyoyev jahondagi murakkab vaziyat mintaqaga ham bevosita ta’sir körsatayotganini ta’kidladi.

«Jahondagi mintaqamizga bevosita ta’sir körsatayotgan murakkab vaziyat böyiça bugun bildirilgan fikr-mulohazalarni qöllab-quvvatlayman.

Xalqaro tartibotning oqibatlarini oldindan aytiş qiyin bölgan şiddatli transformatsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Biz global miqyosda muloqot va işonç taqçilligi tobora ortib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz.