Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy banki YaIM prognozini yaxshiladi
2022 yilda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi yiliga 5,0-5,5 foiz darajasida kutilmoqda. Shu bilan birga, aprel oyidagi prognoz 3,5-4,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida aytiladi.
Regulyator tashqi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq noaniqliklar, shuningdek, talab va taklif shakllanishining kutilayotgan tendensiyalarini hisobga olgan holda, 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy rivojlanish prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Mavjud inflatsiya jarayonlari, tartibga solinadigan narxlarning oshishi bilan bir qatorda mavjud noaniqliklar va risklarni hisobga olgan holda, Markaziy bank koridorning quyi chegarasi yaqinida inflatsiya 12-14 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.
Iqtisodiyotdagi mavjud zaxiralar va talab dinamikasidan kelib chiqqan holda, 2022 yilda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi yiliga 5,0-5,5 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda (aprel oyidagi prognoz 3,5-4,5 foiz edi).
«Asosiy stavka bo‘yicha qabul qilingan bugungi qarorni inobatga olgan holda, kelajakdagi pul-kredit shartlari inflatsiyani pasaytirish prognozi bilan birgalikda iqtisodiyotda ijobiy foiz stavkalarini shakllantiradi va milliy valutadagi aktivlar bo‘yicha rentabellikni saqlashni ta’minlaydi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana pasaytirgani xabar qilingandi. Yig‘ilishda asosiy stavkani 1 foiz punktga pasaytirish, yillik 15 foiz darajaga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026