Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqladi
Yettinchi sanksiyalar paketining cheklovlari yangi eksport nazorati va Sberbank aktivlarini muzlatish, shuningdek, Rossiya oltin importiga embargoni o‘z ichiga oladi.
Yevroittifoq davlatlarining doimiy vakillari 20 iyul, chorshanba kuni Rossiyaga qarshi yangi, yettinchi sanksiyalar paketini ma’qulladi, deb xabar berdi Litvaning YeIdagi doimiy vakili Arnoldas Prankyavichyus. Cheklovlar yangi eksport nazorati va Sberbank aktivlarini muzlatish, shuningdek, Rossiya oltini importiga embargoni o‘z ichiga oladi. 50 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar, «jumladan, siyosatchilar, harbiy rahbarlar, oligarxlar, targ‘ibotchilar» ham sanksiyalar ostida qoldi, deb yozgan Arnoldas Prankyavichyus Twitter’da.
15 iyul kuni Yevrokomissiya yangi cheklovlar bo‘yicha tavsiyalar tayyorladi. YeK Rossiya oltiniga embargo qo‘yish va ikki tomonlama maqsadlarda ishlatiladigan tovarlar savdosi, buxgalteriya xizmatlari hamda auditni cheklashni tavsiya qildi. Shu bilan birga, yangi sanksiyalar Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga ta’sir qilmasligi kerak.
Bir kun avval YeI institutlariga yaqin bo‘lgan EUobserver nashri yangi sanksiya ro‘yxatiga 47 jismoniy shaxs, jumladan, Moskva meri Sergey Sobyanin va «Rostex» rahbari Sergey Chemezov, shuningdek, sakkizta yuridik shaxs kiritilishi haqida xabar bergandi. Yangi choralarning aksariyati rossiyalik siyosatchilar va harbiy rahbarlarga ta’sir qiladi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, aktyorlar Sergey Bezrukov va Vladimir Mashkov, «Tungi bo‘rilar» baykerlar klubi yetakchisi Aleksandr Zaldostanov va avvalroq sanksiya joriy etilgan tadbirkorlarning ayrim qarindoshlari ham sanksiyalar ostida qoladi.
Shu bilan birga, nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yevroittifoqning avvalgi chora-tadbirlariga Rossiyadan ocharchilik muammosiga duch kelish xavfi ostida bo‘lgan mamlakatlarga oziq-ovqat olib o‘tishda hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi uchun tuzatishlar kiritiladi. Shuningdek, tuzatishlar tibbiy va farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etishi kerak. Maqolada ta’kidlanishicha, YeI «qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun to‘lovlarda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun» sanksiyalarga ba’zi istisnolar kiritishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026