Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva va Kiyev Ukrainadan g‘alla olib ketayotgan kemalarga hujum qilmaslikka kelishib oldi
Kelishuvga amal qilinishini Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazi kuzatib boradi.
Moskva va Kiyev Ukrainadan g‘alla olib ketayotgan kemalarga hujum qilmaslik to‘g‘risida kelishib oldi, deb ma’lum qildi BMT vakili.
"Har ikki tomon Ukraina portlaridan ketayotgan, Qora dengizga chiqayotgan kemalarga hujum qilmaslikka kelishib oldi. Shu tarzda xavfsiz yo‘lak ta’minlanadi. Bunga amal qilinishini Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazi kuzatib boradi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markazda BMT tomonidan ham kuzatuvchi vakil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Ukraina tomonidan shartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu imzoladi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
20:57 / 13.07.2026