«O‘zbekistonda mini-invaziv yurak jarrohliklari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda» – kardiojarroh Rustam Yarbekov bilan suhbat
Yurak ishemik kasalligini (YuIK) jarrohlik yo‘li bilan davolash jadal rivojlanyapti. O‘zbekistonda bunday operatsiyalar tibbiyot fanlari doktori Rustam Yarbekov hamda uning jamoasi tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda yurak jarrohligining ilg‘or markazlarida sun’iy qon aylantirishsiz, urib turgan yurakda aorta koronar shuntlash (AKSh) jarrohlik amaliyoti eng xavfsiz usul sifatida qo‘llanmoqda. Qoidaga ko‘ra, ishlaydigan yurakda reabilitatsiya vaqti qisqaroq bo‘lib, bu bemorning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunga kelib bizning kardiojarrohlar jamoasida murakkab klassik AQSh jarrohlik amaliyotini kichik mini invaziv usul (MICSCAB texnikasi) orqali amalga oshirish uchun uskunalar mavjud.
Qayd etilishicha, mazkur operatsiya 5 qovurg‘alar aro bo‘shliqdan 6-8 sm kichik kesma orqali amalga oshiriladi. Natijada ushbu jarrohlik amaliyoti davomida ko‘krak qafasi hamda boshqa qismlarining yaxlitligi saqlanib qoladi. Bu esa bemor uchun kam shikastlilik olib keladi.
MICSCAB usulining afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Qisqa tiklanish davri;
- Kasalxonada yotib davolanishning qisqarishi;
- Jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kamroq og‘riq holatlari;
- Jarrohlik vaqtida va undan keyin qon quyishga kamroq ehtiyoj;
- Yara infeksiyasi xavfi yo‘qligi;
- To‘sh suyagining yaxlitligi buzilmaydi. Ko‘krak qafasini anatomo-funksional tuzilishi o‘zgarmaydi;
- Ijtimoiy faollikning tez tiklanishi (jarrohlikdan keyin 4 hafta ichida) standart to‘sh suyagini kesish (stertonomiya) usuli bilan bajariladigan aorta koronar shuntlash amaliyoti bilan taqqoslaganda (2 - 3 oy);
- Qisqa vaqt ichida operatsiyadan keyin sport bilan shug‘ullanish imkoniyati;
- Kosmetik chok.
Yarbekov Rustam ordinatura, aspirantura va doktorantura bosqichlarini Moskvada, NMIS SSX A.N. Bakulev nomida tibbiyot ilmiy markazida tamomlab va kardiojarrohlik yo‘nalishida malaka va amaliy tajriba olib qaytgan.
20 yildan ortiq ish tajribasiga ega Rustam Yarbekov yurak bo‘yicha 4000 dan ortiq yuqori texnologiyali kardiojarrohlik operatsiyalarini amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida 20 dan ortiq turdagi operatsiyalar birinchi marta amalga oshirilgan. Bugungi kunda Yarbekov Rustam V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda yetakchi «American Hospital» va «Akfa Medline» xususiy klinikalarida faoliyat yuritmoqda.
«Jarrohlik amaliyotidan keyingi natijalarni yaxshilash uchun Germaniyada amaliyot o‘taganimdan so‘ng MICSCAB texnologiyasini (kichik kesma orqali operatsiya) O‘zbekistonga olib keldim va uni har kuni muvaffaqiyatli bajarib kelmoqdaman», — deydi Rustam Yarbekov intervyuda.
Yurtimizda kardioxirurgiyaning bunday rivojlanishi bizni quvontiradi, albatta, mutaxassislarimiz yurakda o‘tkaziladigan murakkab amaliyotlarni bajarishi yutug‘imizdir.
Shuningdek, siz Rustam Yarbekovga yurak muammolari bo‘yicha bepul maslahat uchun quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Instagram: instagram.com/kardioxirurgiya.uz
Facebook: fb.com/kardiohirurgiya.uz
Gulmira Toshniyazova suhbatlashdi Ⓣ
Mavzuga oid
10:00 / 09.10.2024
Xavfli operatsiya: Yuz ko‘chirib o‘tkazish nima uchun ommalashmagan?
13:14 / 18.09.2024
Turkiyada siam egizaklari 14 soatlik operatsiyada muvaffaqiyatli ajratib olindi
22:20 / 05.05.2023
Dunyoda birinchi marta ona qornidagi chaqaloqning miyasida operatsiya o‘tkazildi
21:54 / 12.05.2022