O‘zbekiston | 09:35 / 23.07.2022
10889
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Draupadi Murmuni Hindiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Bxaratiya janata parti" hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining maktubida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.

Hindistondagi prezidentlik saylovlarida Milliy-demokratik alyansdan nomzod, 64 yoshli Draupadi Murmu 64,03% ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Draupadi Murmu Hindiston prezidenti lavozimini egallagan birinchi adivasi (Hindistonning aborigen xalqi) va 2007−2012 yillarda ushbu lavozimni egallagan Pratibxa Patildan keyin ikkinchi ayol kishi bo‘ldi.

Hindiston prezidenti vakillik funksiyalarini bajaradi, hukumat qarorlarini esa bosh vazir qabul qiladi. Hukumatni ayni damda Narendra Modi boshqarmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid