“Siyosiy islohotlardan qörqmaylik” – Tahlilçilar yangi konstitutsiya loyihasi va unga yetişmayotgan özgarişlar haqida
|21:46 / 23.07.202228 05910 min
15 iyul kuni Oliy Majlis qonunçilik palatasi konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama muddatini navbatdagi bor özgartirib, yakunni 1 avgustgaça qilib belgiladi.
Komissiya buni kelib tuşayotgan takliflar dinamikasining keskin ortib ketişi bilan izohladi. Şuningdek, komissiya raisi Akmal Saidovga köra, muddat uzaytirilişi kimningdir körsatmasi bilan emas, komissiya qarori bilan qilinmoqda.
Kun.uz har doimgidek, özgartirilayotgan konstitutsiya, uning sabablari, şuningdek, yangi konstitutsiyada aks etayotgan va etmayotgan normalar atrofidagi tahlillarini davom ettiradi.
Bu borada navbatdagi mehmonlarimiz siyosatşunos Farhod Tolipov, jamiyatşunos Dilsora Fozilova, Inson huquqlari Ezgulik jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.
— Suhbatni boşlarkanmiz, sizlardan 1992 yilda qabul qilingan Özbekiston konstitutsiyasining özgarişlari xronologiyasi haqida söramoqçiman. Jumladan, mana şu jarayonlar boşlanarkan, qator huquqşunos, siyosatşunoslar konstitutsiya özgaravermasligi kerak, bunaqada qadri qolmaydi degan fikrni aytgan bölsa, yana ayrim huquqşunoslar, jumladan, komissiya raisi Akmal Saidov “konstitutsiya dogma emas”, deya boş qomus özgarib turişi kerakligini aytdi.
Xöş, Özbekiston konstitutsiya kitobçasidagi özgarişlar dunyo konstitutsiyalariga soliştirilganda qançalik tez yoki normal deya baholaş mumkin?
Farhod Tolipov, siyosatşunos:
Konstitutsiya davlat faoliyatida asosiy qomus deyiladi. U öz nomi bilan asosiy qomus bölarkan, yaxşi ma’noda qotib turadigan hujjat bölişi kerak.
Bu islohotlar boşlanarkan, konstitutsiya dogma emas, degan ibora işlatildi. Men bu iborani juda ehtiyotkor işlatgan bölardim, çunki konstitutsiya yaxşi ma’noda dogma bölişi ham kerak. Ha, u doimiy özgarmas bölmas, lekin köp yil özgarmay xizmat qilişi ham kerak. Qonunlarga tez-tez özgartirişlar kiritiş yoki butunlay bekor qilinişi mumkin. Çunki siyosiy, ijtimoiy jarayonlarda özgarişlar bölib turadi.
Qaytaraman, konstitutsiya uzoq yillar özgarişsiz xizmat qiladigan hujjat. Unga kiritiladigan özgarişlarga esa uzoq yillar tayyorgarlik körilişi va bunga jiddiy asos va dalillar bölişi kerak.
Mavzuga oid
Farhod Tolipov
Komissiya işlab boşlaganiga şunça payt ötgan bölsa, bunga hali komissiya tomonidan yetarli dalil, sabablar keltirilmadi. Ha, ayrim moddalar özgarişi kerakdir, lekin bunga strategik katta asos berilganini körmadim.
Biz şuningdek, keng omma, xalq va tahlilçilar bilan bölgan muhokamalarni hali körmadik. Men körgan jarayon faqat komissiya faoliyati. U xalqdan taklif olib, yangi loyiha qilyapti. Bu yetarli emas. Şuning uçun ham komissiya faoliyati va jarayonlar mukammal bölmay qoldi.
Qolaversa, dunyodagi köplab rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari hamon özgarişsiz turibdi, lekin ularda farovon hayot davom etyapti.
Abdurahmon Taşanov, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi
Abdurahmon Taşanov
Ha, konstitutsiya dogma emas, lekin uning dogmatik xususiyatlari bölişi kerak. Agar unda dogmatik xususiyatlar bölmasa, har bir keladigan hukmdor va guruhlar uni öz manfaatiga qarab özgartirişni, suiiste’mol qilişni boşlaydi. Biz bunga dunyoning köp mamlakatlari misolida köp guvoh bölganmiz. Ular istagan kuni istalgan konstitutsiya yoki istalgan moddani öz manfaatlariga özgartirib olaveradilar. Şular bölmasligi uçun ham konstitutsiyada dogmatik xususiyatlar bölişi kerak. U har kuni almaştirilaveradigan hujjat emas.
Ikkinçidan, mamlakat umumiy organizm bölsa, konstitutsiya boş miyadir. U xalqning rivojlanişi, madaniyati, huquqlari va boşqalarning yiğindisi hisoblanadi. Yiğindi esa har kuni almaştirilavermaydi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari bu narsani öz taraqqiyot yölida isbotlab böldi.
Özbekiston konstitutsiyasiga kelsak, öşa yillar tarixiy bir qism böldi. Biz Islom Karimov davrida tarixiy rivojlanmadik, nihoyatda orqaga ketdik. Bu yerda endi konstitutsion islohotlar bölişi kerak edi. Bölişi kerak-ku, lekin bu uç kunlik, bir oylik marafon ham emas.
Men doim aytib kelyapman, hozirgi kampaniya nihoyatda böş. Nega, çunki u umumxalq muhokamasiga hali kirib bormadi. Uning texnik jihatlari ham şunday. Masalan, hozir konstitutsiya loyihasi muhokamaga bor-yöği 30 ming tirajda çiqadigan “Xalq sözi” degan gazetada qöyildi. Bu 35 mln xalqning oldida nima raqam? Televizorda berilmasa, gazeta har bir xonadonga kirib bormasa. Yoki mamlakatning 50 foizdan ortiq qismida internet mavjud emas yo sifatsiz bölsa. Xöş, qanday qilib uni saytga joyladik, internetdan körib olinglar, deymiz?
U dogmami, dogma emasmi, umumxalq muhokamasi bölmas ekan, jarayon oxiriga yetmagan böladi.
Hozir muhokamalar 1 avgustgaça uzaytirildi, men esa buning 1 sentabr va hatto 1 yanvargaça çözilişi tarafdoriman.
Dilsora Fozilova, jamiyatşunos
Dilsora Fozilova
Konstitutsiya avvalo xalq va davlat örtasidagi kelişuv bölar ekan, demak, bu jarayonda xalq özini tortib ketişini qöpol qilib aytganda, bir uyur otga topşiradi, deya ifodalaylik. Xöş, öşa otlarda quvvat, qudrat qanday bölişi kerak va ular qançalik tartibli harakat qilişi kerak? Ana şularni körsatib beruvçi bu konstitutsiyaviy komissiya.
Konstitutsiya bu – davlat va xalq qaysi tomonga ketayotganini körsatib turuvçi hujjat. Bu jarayonda özgarişlar bölib turişi ham tabiiy. Masalan, pandemiya, ekologik muammolar, globalizm... Umuman, özgarayotgan muhitda konstitutsiya ham özgarişlarga uçraşi mumkin.
Biz dunyoga oçila borarkanmiz, agar globalizm bizdan özgarişlarni talab qilsa, demak konstitutsiyamiz ham bu talablarga oçiq bölişi kerak.
Ikkinçi tomondan, yuqorida töğri aytildi, barqarorlik jihatidan konstitutsiyaning ayrim moddalari özgarmas bölişi kerak. Şu ma’noda konstitutsiya xalqning ijtimoiy ehtiyojidan kelib çiqqan material va öşa ehtiyojni doimiy qondirib borişga xizmat qilişi kerak.
Menimça, Özbekiston konstitutsiyasi hali juda yoş va takomillaşişga muhtoj. Takomillaşiş degandaki, uni amaldagi konstitutsiyadagi bölgani kabi interpretatsiya (tuşuntirişlarga) muhtoj bölmagan konstitutsiyaga aylantiriş kerak. Amaldagi konstitutsiyada tuşuntirişlarga muhtoj bölgan moddalar juda köp va şuning uçun ham bizda köplab nomaqbul işlar amalga oşib keldi.
Şuningdek, men yuqorida aytganimdek, xalqni boşqarib ketayotganlarning vakolatlari, majburiyatlari ham qat’iy tartibga keltirilişi kerak.
Masalan, Kamoliddin Rabbimov doimiy ravişda impiçment haqida gapirib kelyapti. Yoki Özbekistonda vakolatlarning respublika yoki hududlarga taqsimlanişi jarayonlarida juda katta kamçiliklar bor. Bizda asosiy kuç viloyatlarga berilişi kerak. Aynan viloyatlar öz hududi imkoniyatlaridan kelib çiqib, sohalar kesimida işlarni taşkil qilişi kerak. Respublika faqat ulardan qolgan işlar bilangina şuğullanişi kerak. Bu taşqi işlar yoki turli federal masalalar.
Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos:
Kamoliddin Rabbimov
Fikrimça, har bir konstitutsiyaning öz ruhiyati böladi. 1992 yilda qabul qilingan Özbekiston konstitutsiyasini töliq avtoritar deyiş mumkin. Çunki uni qabul qilayotganlarning boş maqsadi hokimiyat vertikalini mustahkamlaş edi. Unda markaziy hokimiyatni tiyib turişning real mexanizmlari mavjud emas edi. Ikkinçidan, prezidentlik haddan taşqari qudratli qilib yuborilgandi. Biz buning salbiy oqibatlarini ötgan 25 yil davomida körib keldik. Özbekiston konstitutsiyasi islohotlarga allaqaçon muhtoj edi.
Özbekistonning hozirgi konstitutsiyasi muxolifatni va yoki fuqarolik jamiyatini, fundamental qadriyatlarni talab qiladi. Lekin mana şu masalalar amalga oşmay kelyapti.
Öylaşimça, konstitutsiya albatta özgarişi va undagi avtoritarizm, superprezidentlik ruhiyati özgarib, xalqqa tayaniş orqali işlaşga ötilişi kerak. Bizga 35 millionlik aholining qudratini ifoda qiluvçi konstitutsiya kerak.
Ötgan bir oy davomida berilayotgan yoki loyihada aks etayotgan takliflar umuman yetarli emas. Loyihada konseptual özgarişlar taklif qilinmayapti. Taklif qilinayotgani esa judayam mexanik va kosmetik özgarişlar.
— Kamoliddin aka, sizningça, bu jarayonda xalq ana şunday takliflarni berolmayaptimi yoki komissiya berilgan takliflarni inobatga olmayaptimi?
Ilyos Safarov
— Menimça, ikkinçisi. Çunki ularda hamon ehtiyotkorlik zehniyati saqlanib qolyapti. Bu yerda komissiyaning motivlari xalqdan kelayotgan takliflarni hokimiyat vertikali nuqtayi nazaridan saralab oliş bölyapti.
Aslida mana şu jarayon va islohotlar ikkinçi hokimiyatning legitimligiga juda jiddiy ta’sir qiladi. Ya’ni Özbekistonda katta ijtimoiy energiya berişdan qörqiş kerak emas. Bu ijtimoiy energiyani esa hokimiyatning legitimligi yölida bemalol işlatiş mumkin. Faraz qiling, çarxpalakka suv qança köp quyilsa, u şunça tezroq aylanadi. Uni töxtatiş mumkin bölmaydi.
Ijtimoiy energiya şunday, u hokimiyatning legitimligiga suv quyişi ham, legitimligini pasaytirişi ham mumkin.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin. Unda jumladan, konstitutsiyada inson manfaatlarini ifodalovçi yana qanday normalar aks etişi kerakligi, Özbekiston uçun ayni paytda suv va havodek zarur bölgan siyosiy islohotlar, şuningdek, qonun muhokamalari jarayonida jamoatçilikning nofaolligi masalalari muhokama qilinadi.
Suhbatni Ilyos Safarov olib bordi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov.