Germaniya Lavrovni urush bo‘yicha bayonotlari uchun tanqid qildi
Germaniya TIV rahbari Annalena Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vazirining bayonotlari «Rossiya rahbariyatining Ukrainaning o‘z taqdirini demokratik yo‘l bilan o‘zi belgilashiga nisbatan chuqur nafratini yana bir bor ko‘rsatdi».
Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok Rossiya rasmiylarini Ukrainani butunlay o‘ziga bo‘ysundirishga urinayotganlikda aybladi. «Endi hech kim Rossiya Ukraina va uning xalqini to‘liq bo‘ysundirishdan boshqa narsani o‘ylamayotganini da’vo qilolmaydi», dedi siyosatchi 26 iyul, seshanba kuni Pragada chexiyalik hamkasbi Yan Lipavskiy bilan uchrashuvda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lavrovning avvalroq Rossiya «Ukrainaga xalqqa qarshi va tarixga qarshi rejim»dan xalos bo‘lishiga yordam berishi haqidagi bayonotlari «Rossiya hukumatining Ukrainani demokratik yo‘liga nisbatan chuqur nafrat darajasini yana bir bor ko‘rsatdi».
Annalena Berbok Pragada chexiyalik hamkasbi Yan Lipavskiy bilan uchrashdi. Muzokaralar mavzusi Germaniya qurollarini Ukrainaga yetkazib berish va Chexiya Shveytsariyasi milliy bog‘idagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik masalasi bo‘ldi.
Doiraviy qurol yetkazib berish - g‘arb qurollarini NATOning arsenalida hali ham sovet ittifoqi tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy texnika mavjud Sharqiy Yevropadagi hamkorlariga berish, bu ular Ukraina armiyasiga Rossiya tajovuzini qaytarish maqsadida yetkazib berayotgan qurollari evaziga amalga oshiriladi.
Berbokning qayd etishicha, avvalroq Praga bilan boshlangan bu jarayon «yaxshi ketmoqda». Germaniya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Chexiya allaqachon Ukrainaga qurollar yetkazib berdi. Hozirgi vaqtda «nemislar tomonidan yetkazib berishni sanoat yordamida qanday to‘ldirish to‘g‘risida» shartnoma ishlab chiqilmoqda», — dedi Germaniya TIV rahbari. Hozirgi vaziyatda kerakli qurollarni oddiygina olib chiqib ketib bo‘lmaydi, deya tushuntirdi vazir.
Ayni paytda, Germaniyadan Ukrainaga tanklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirish rejalashtirilmagan, deya ta’kidladi Germaniya tashqi siyosat idorasi rahbari. «Bilamizki, bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun yetarli zaxira yo‘q», dedi Berbok. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud sxemaning asosiy qiymati uning samaradorligidir. «Biz boshqa ta’minot jarayonlari ham ishlashiga ishonch hosil qilishimiz kerak», deya qo‘shimcha qildi u. Xuddi shunday jarayon Berlinning boshqa hamkorlari, masalan, Polsha bilan ham ko‘zda tutilgan.
Annalena Berbok ushbu doiraviy ta’minot jarayoni bo‘yicha avvalroq nisbatan bosiq pozitsiyada edi.
Lavrovning Kiyevdagi go‘yoki «xalqqa qarshi» tuzum haqidagi izohi 24 iyul kuni Qohirada Arab davlatlari ligasining doimiy vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida bildirildi. Vazirning ta’kidlashicha, RF «yaxshiroq narsaga» loyiq bo‘lgan «Ukraina xalqiga achinadi».
Ukraina bilan urushda Moskva tomonidan rasman e’lon qilingan maqsadlar ko‘p marta o‘zgargan. Xususan, uch oydan kamroq vaqt oldin Rossiya diplomatiyasi rahbari Rossiyaning vazifasi Donbass aholisini himoya qilish ekanini va Kreml Kiyevda hokimiyatni o‘zgartirishga intilmayotganini bildirgandi.
To‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan so‘ng darhol RF prezidenti Vladimir Putin Moskva «Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga intiladi» degan versiyani aytdi.
Mavzuga oid
15:30 / 04.11.2024
Lavrov: Zelenskiyning «rejasi» va «formulasi» Yevropani tinchlikka yaqinlashtirmaydi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
10:30 / 02.11.2024
Lavrov Turkiyani Ukrainaga qurol yetkazib bergani uchun tanqid qildi
19:09 / 26.10.2024