Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston TIV rahbari Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida Ukraina masalasi qanday muhokama qilinganini aytdi
21 iyul kuni Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti raisligidagi sammitda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi.
Foto: Akipress
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kuluboyev to‘rtinchi maslahat uchrashuvida Ukraina masalasi muhokama qilinganmi yoki yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi Akipress.
«Mintaqaviy hamkorlik globallashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, qaynoq nuqtalar - Ukraina va Rossiya, bizni o‘rab turgan Afg‘onistondir. Shu munosabat bilan har bir davlat o‘z xavotirini bildirdi: birinchidan, biz Markaziy Osiyoda xavfsizlikni qanday saqlab qolishimiz mumkin, ikkinchidan, globallashuv va ziddiyatli vaziyatlar sharoitida qanday hamkorlik qilishimiz mumkin, uchinchidan, Rossiya va Ukraina qanday muzokaralar olib bormoqda va ular qachon tugaydi. Shu masalalar ko‘rib chiqildi», dedi u.
Kuluboyevning ta’kidlashicha, barcha tomonlar mojaro tezroq tugashidan manfaatdor, chunki bu barchaga ta’sir qiladi.
«Birinchidan, tranzit tashish masalasi, Yevropaning barcha samolyotlari Rossiya ustidan ucha olmaydi va boshqa yo‘llar bilan Markaziy Osiyoga kelyapti. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga yetkazilishi kerak bo‘lgan barcha tovarlar boshqa yo‘llar orqali o‘tyapti, shu orqali mahsulot, tovar va boshqalar narxi oshyapti. Biz batafsil muhokama qilmadik, biroq hamma mojaroning tezroq tugatilishi tinch hamkorlikdan manfaatdor bo‘lgan barcha mamlakatlar manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi», — deya xulosa qildi u.
Mavzuga oid
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
12:49 / 30.01.2026
Berlin ballistikaga qarshi yangi sun’iy yo‘ldosh dasturini boshlamoqda
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026