O‘zbekiston | 07:45 / 28.07.2022
13292
2 daqiqa o‘qiladi

Umumiy ovqatlanish va chakana savdoda faoliyatni tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi

Foto: Fotolia

Prezident “Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda 2022 yil 1 sentabrga qadar umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi faoliyatni tartibga soluvchi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ruxsatnomaga ega yer qa’ridan foydalanuvchilarning hamda yer qa’ri davlat fondi kadastriga kiritilgan yer uchastkalarining ro‘yxatlarini shakllantiradi.

Bunda, shakllantirilgan ro‘yxatlarga asosan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda tegishli yer uchastkalarini Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratadi;

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tegishli yer uchastkalari ajratilgandan so‘ng bir oy muddatda tadbirkorlik sub’yektlariga yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid