Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi qariyb 13,8 trln sömga yetgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 27,1 foizga oşgan. Bu sohada yil boşida sezilarli ösiş kuzatilganini körsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan bölib, poytaxtda mazkur turdagi xizmatlar hajmi 2,6 trln sömni taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari qayd etilgan bölib, har ikki hududda 1,7 trln sömlik yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari körsatilgan. Namangan viloyatida bu körsatkiç 1,4 trln söm, Farğona viloyatida 1,3 trln sömga teng bölgan.
Şuningdek, Toşkent viloyatida 987,8 mlrd söm, Andijon viloyatida 860,8 mlrd söm, Xorazm viloyatida 715,1 mlrd söm, Buxoro viloyatida 692,7 mlrd söm va Qoraqalpoğiston Respublikasida 683,7 mlrd sömlik xizmatlar körsatilgan.
Qolgan hududlarda Surxondaryo viloyatida 556,6 mlrd söm, Navoiy viloyatida 478,6 mlrd söm, Jizzax viloyatida 384,1 mlrd söm va Sirdaryo viloyatida 243,3 mlrd sömlik yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari qayd etilgan.












