Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya qo‘mondoni Turkiya ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
Joriy yil 28 iyul kuni Turkiya ichki ishlar vaziri Suleymon So‘yluning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy gvardiyaning Turkiya politsiyasi va jandarmeriyasi bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik munosabatlari ikki tomonlama aloqalarni barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish muhim omili ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga, qo‘shma amaliy trening va kurslar sonini oshirishga, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘paytirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026