“Ertaga nima bo‘ladi, hech kim o‘ylamayapti” - muhandis bosh rejasiz qurilishlarni tanqid qildi
Savdo-sanoat palatasi qurilish sohasi bo‘yicha tashkil qilgan davra suhbatida so‘z olgan muhandis Shoqobil Shorahmedov O‘zbekiston bo‘ylab qurilishlar pala-partish, rejasiz tarzda olib borilayotgani haqida gapirdi.
“Sizlarga bir latifa aytib bermoqchiman. Ikki odam pianonini 9-qavatga olib chiqayotgan ekan. Bittasi aytibdi: “Bir narsa demoqchiman”. “To‘xtab tur, chiqib olaylik, keyin gapirasan”, debdi ikkinchisi. Chiqishganidan keyin “Nima demoqchi eding?” desa: “Biz boshqa pod’yezdga kirdik”, debdi.
Bizda qurilishlar – uy, zavod, fabrikalar qurilishi bosh rejasiz bo‘lyapti. Duch kelgan joyga qurib ketishyapti. Hech kim kelajakni o‘ylamayapti. Mana, sizlar subsidiya va hokazo deysizlar-u, ertaga shunaqa payt keladi, shu binoni buzib tashlaydi va subsidiya qayoqqa ketadi? Hamma gapirgan gapinglar bir tiyinga qimmat bo‘lib qoladi. Hech kim buni o‘ylayotgani yo‘q.
Xohlagan joyida – nazari tushgan joyda qurib ketyapti. Ertaga nima bo‘ladi: kirish joyi yo‘q, bog‘cha yo‘q, maktab yo‘q, hech narsa rejalashtirilmagan. Bularni hech kim o‘ylamayapti, hamma foydani o‘ylayapti. Gap yo‘q, foydani o‘ylash kerak, lekin kelajak uchun avval tumanni olib, rejalashtirish kerak: maktabi, bog‘chasi va hokazolarni qilib, uylarni rejalashtirib, undan keyin odamlarga, tadbirkorlarga berish kerak.
Yo‘l ustiga, suv bo‘yiga qurib ketilgan imoratlar bor. Qatortolga borsanglar, ikkita uy orasiga yana bitta uy qurib qo‘yibdi: kim bunga javob beradi, kim?
Namanganda bir tashkilotning ichiga qishloq uylarini qurib qo‘yibdi, Farg‘ona kanalining yonida esa suv tozalash havzalari qurilyapti. Viloyatlarda trassalarning chetiga uylar qurib qo‘yishyapti – shaharlar, shaharchalar bir joyda qurilishi kerak emasmi? Kim yo‘lning chetida yashaydi? Boringlar, o‘zinglar yashab ko‘ringlar. Axir shaharcha bo‘lgandan keyin o‘z nomiga yarasha bo‘lishi kerak: o‘zining markazi bilan, do‘konlari bilan, bog‘cha-maktablari bilan. Bu qachongacha davom etadi?
Shuni xohlardimki, shu narsalarni ko‘tarsak, keyingi qurilishlarning hammasi bosh reja asosida bo‘lsa. Bosh rejada hamma narsa kiritilsa: qancha odam yashaydi, qancha muhandislik tarmoqlari kerak. Bu narsaga hech kim qarayotgani yo‘q.
Men qurilish nazorati, sifati haqida gapirayotganim yo‘q. Hamma quruvchi, hamma arxitektor bo‘lib ketgan. O‘zini biladigan odamlar yo‘q. Albatta, tadbirkorlar aybdor emas, ular quradi, lekin ertaga u qurgan binosining taqdiri nima bilan tugaydi? Qanaqa ishlaydi?
Hamma qurilishlar bosh reja asosida bo‘lishi kerak. Bizda «ToshkentboshplanLITI» bor, institutlar bor, kimdir buni bo‘yniga olishi kerak. Ko‘p misollar keltirishim mumkin, nazari tushgan joyni olyapti, unga shu joyni berishyapti, shundoq qurib qo‘ydi.
Muhandislik tarmoqlari masalasi. Toshkentni qaranglar, necha marta chiroqlar o‘chyapti, chunki infratuzilmaning quvvati ko‘tara olmayapti. Toshkent rejalashtirilgan paytda aholisi 1 million edi, hozir 3 million atrofida, muhandislik tarmoqlari esa buni ko‘tarmayapti.
Afsuski, biz pianinoni boshqa pod’yedga emas, boshqa uyga olib chiqib qo‘yayapmiz”, – dedi Shoqobil Shorahmedov.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Qurilish vazirligi O‘zbekistondagi mavjud 120 ta shahardan 118 tasi bosh rejasi ishlab chiqilganini ma’lum qilgandi. Mas’ullar “ToshkentboshplanLITI” DUKda Toshkent shahri bosh rejasini tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlanganini aytgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
12:20
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
16:18 / 22.01.2025
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
20:20 / 21.01.2025
Toshkentda «Gazel» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
16:12 / 20.01.2025