Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov «Toşkent şahrida milliylikni keng tarğib qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Qarorda qayd qilinişiça, Toşkent şahrida milliylikni keng tarğib qiliş böyiça Toşkent şahar işçi guruhi tuziladi va «Milliy Toşkent» loyihasi tasdiqlanadi.
Işçi guruhi milliy liboslar va milliylikni ommalaştirişga oid tarğibot materiallarini işlab çiqiş, ommaviy tadbirlar davrida milliy liboslar va milliylikning mavqeini mustahkamlanişini ta’minlaş, milliy liboslar işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş, mavzuga oid öquv-seminarlari, tanlovlar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş, qarorning bajarilişi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oşiriş bilan şuğullanadi.
Qarordan kelib çiqqan holda, boşqarma va taşkilotlar, tuman hokimliklari tarğibot – milliy liboslar va milliylikning ijobiy ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkazişga qaratilgan ma’rifiy, madaniy, axborot va reklama tadbirlarini amalga oşiradi. Milliy liboslarda yurişni, milliylikni tarğib qilişni va milliy madaniyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş çoralarini köradi.
Toşkent şahridagi davlat taşkilotlari, boşqarma va muassasalarda milliylikni tarğib qiliş yönalişida haftaning har juma kuni «Milliy liboslar kuni» deb belgilanadi va barça korxona, muassasa va taşkilotlarning jamoalarida tarğib qilinadi.
Toşkent şahar va tuman hokimliklari, hokimliklar qoşidagi boşqarma, taşkilot va bölimlar, boşqa davlat organlari va muassasalari xodimlari iş kunlarida milliy liboslarda yurişi tavsiya etiladi (tasdiqlangan xizmat kiyimlari bundan mustasno). Xodimlarning milliy liboslarda yurişi uçun alohida şart-şaroitlar yaratiladi.
Milliylikni tarğib qiliş maqsadida Toşkent şahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan «Milliy liboslarimiz barçaga yaraşadi» şiori ostidagi «Milliy trend çellendji» böyiça tarğibot işlari olib boriladi.
Toşkentdagi har bir mahallada milliy urf-odatlar va an’analarni saqlaş hamda tarğib qiliş uçun milliy öyinlar, raqs va qöşiqlar tögaraklari taşkil etiladi.
Milliy qadriyatlar va milliy liboslar mavzusida turli tanlovlar, viktorinalar, öyinlar hamda boşqa tadbirlar taşkil etilişi hamda uşbu körik-tanlov va «çellenj»lar ötkazilib, unda faol iştirok etganlar hokimlik tomonidan munosib rağbatlantirilişi rejalaştirilgan.











