Qayd etilişiça, mamlakatda 120 ta şahar va 1080 ta şaharçalar mavjud bölib, 120 ta şahardan 118 tasi, 98 foizi boş rejalari işlab çiqilgan. Şaharçalar 205 tasida ham bu işlar olib borilgan. Qişloq joylardagi aholi punktlari 30 foizi me’moriy rejalaştiriş loyihalari bilan ta’minlangan.
Mahalla fuqarolar yiğinlari hududlari şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş böyiça uç yillik dasturi asosida 214 ta mahalla boş rejalari takomiliga yetkazilgan, 108 ta mahalla fuqarolar yiğinlari boş rejalari şu yil oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi.
Qayd etilişiça, “ToşkentboşplanLITI” davlat unitar korxonasida Toşkent şahri boş rejasini tayyorlaş böyiça amaliy işlar boşlab yuborilgan. Poytaxt qurilişida nimalarga e’tibor qaratiş kerak, infratuzilma, transport, logistika, yaşil hududlar, bino va inşootlar joylaşuvida şaharsozlik normalari, bunda rivojlangan davlatlar tajribasi kabi turli xil qaraşlar ilmiy asosda amaliyotga integratsiya qilinmoqda.
Quriliş vazirligi tomonidan işlab çiqiladigan şahar, şaharçalar va qişloq (ovullar) MFY aholi punktlari boş rejalari va boşqa şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş xarajatlari uçun 200 mlrd söm mablağ ajratildi. Bu mablağni 28 ta şahar va şaharçalar, 108 ta qişloq aholi punktlari şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş, jami 31 ta Yangi Özbekiston massivlari quriliş loyihalarini amalga oşirişga yönaltiriş maqsad qilingan.












