Putin Rossiyaning yangi dengiz doktrinasini tasdiqladi
Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi dengiz doktrinasi Rossiya uchun jahon okeanidagi asosiy maqsadlar, xavf va tahdidlarni belgilab beradi hamda uning «o‘ta muhim hududlarida» harbiy kuch ishlatishga imkon beradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFning yangi dengiz doktrinasini tasdiqladi. Hujjatning 2015 yilda tasdiqlangan avvalgi tahriri haqiqiy emas deb topildi. Tegishli farmon va doktrina matni 31 iyul, yakshanba kuni Kreml saytida e’lon qilindi.
Yangi doktrinada Rossiya uchun asosiy tahdidlar sifatida «AQShning jahon okeanida hukmronlik qilish yo‘li», «AQSh va uning ittifoqchilarining RFning dunyo okeani resurslariga va hayotiy dengiz transporti aloqalariga kirishini cheklash istagi», NATOning RF chegaralariga yaqinlashishi va Rossiyaga xalqaro bosim keltiriladi. Bundan tashqari, tahdidlar qatoriga Rossiyaning qirg‘oqbo‘yi va orol hududlariga nisbatan «qator davlatlarning hududiy da’volari» kiradi. Hujjatda qaysi davlatning qanday da’vosi haqida gap ketayotgani aniqlashtirilmagan.
Hujjatda Rossiyaning jahon okeanidagi faoliyati uchun asosiy xavflar sifatida Rossiya dengiz transporti va dengiz quvurlari tizimlari ishiga «jiddiy qaramligi», «ilmiy-tadqiqot floti holati va tarkibining zamonaviy talablarga mos kelmasligi», kemasozlik korxonalari va neft-gaz kompaniyalariga qarshi xalqaro sanksiyalar tilga olingan.
Yangi doktrinaga ko‘ra, Rossiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida HDFga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi punktlarni qurishni rejalashtirmoqda, bu esa «ushbu mintaqada dengiz transporti kommunikatsiyalari faoliyati xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshirish» imkonini beradi.
O‘rta Yer dengizi mintaqasida «RF harbiy-dengiz kuchlarining O‘rta Yer dengizida doimiy mavjudligini» ta’minlaydigan Tartusdagi logistika markazi negizida Suriya bilan hamkorlikni mustahkamlash ustuvor yo‘nalish sifatida aytilgan. Hujjatda bildirilishicha, Rossiya, shuningdek, Qrim va Krasnodar o‘lkasi qirg‘oqlarida Qora dengiz floti kuchlari guruhini yaxshilash va mustahkamlash niyatida.
«Hind okeani mintaqaviy yo‘nalishidagi milliy dengiz siyosati ustuvor yo‘nalishlari Qizil dengiz va Hind okeanidagi logistik ta’minot punktlari asosida RFning Fors ko‘rfazidagi dengiz kuchlari salohiyatini saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ulardan foydalanishdir, bunda mintaqa davlatlari infratuzilmasi Rossiya Federatsiyasi harbiy-dengiz faoliyatini ta’minlash manfaati yo‘lida qo‘llaniladi», deyiladi hujjatda. Hindiston, Eron, Iroq, Saudiya Arabistoni va mintaqa boshqa davlatlari bilan «strategik sheriklik va dengiz hamkorligini rivojlantirish» ham ustuvor yo‘nalishdir.
Hujjatda aytilishicha, Rossiya, shuningdek, yirik sig‘imli kemalar, jumladan, zamonaviy aviatashuvchi kemalar qurish uchun kemasozlik majmuasini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Yangi doktrinada Rossiya iqtisodiyoti, milliy va strategik xavfsizligiga ta’sir qiluvchi muhim zonalar qatoriga Rossiya qirg‘oqlariga tutashgan okeanlar va dengizlar, jumladan Azov va Qora dengizlar, sharqiy O‘rta Yer dengizi, Qora dengiz, Boltiqbo‘yi va Kuril bo‘g‘ozlari, shuningdek Osiyo va Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab dengiz transporti kommunikatsiyalari o‘tish joylari kiradi.
Hujjatga ko‘ra, Rossiya Arktikada dengiz faoliyatini faollashtirishni va Shimoliy dengiz yo‘li suvlarida xorijiy davlatlar harbiy faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Xususan, «Shpitsbergen, Frans-Iosif yerlari, Novaya Zemlya arxipelaglari va Vrangel orolida dengiz faoliyatini diversifikatsiya qilish va faollashtirish» mo‘ljallangan.
Dunyo okeanining muhim hududlarida «siyosiy, diplomatik va boshqa vositalar imkoniyatlari tugasa», Rossiya «vaziyatga qarab harbiy kuch ishlatishi mumkin», deyiladi doktrinada. Okeanlarning Rossiya uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lmagan hududlarida «birinchi navbatda, siyosiy va huquqiy vositalar, diplomatiya va axborot harakatlari mexanizmlari, shuningdek, boshqa zo‘ravonliksiz usullardan foydalanish rejalashtirilgan», deyiladi hujjatda.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
15:20 / 16.01.2025
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
14:07 / 16.01.2025
Rossiya va Ukraina «25 ga 25» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
13:27 / 16.01.2025