Ozarboyjon AQŞ bilan döstona munosabatlar va şeriklikka alohida ahamiyat beradi.

Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning amerikalik hamkasbi Donald Trampga Amerika Qöşma Ştatlari milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida aytiladi. Murojaat matni Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Ozarboyjon rahbari xalqaro tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, terrorizm va uning turli körinişlariga qarşi kuraşiş, energetika xavfsizligi sohasida va boşqa qator muhim yönalişlarda faol va samarali hamkorlik qiliş ikki davlat örtasidagi yaqin şeriklikning öziga xos xususiyatlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

«Amerika Qöşma Ştatlari uzoq yillar davomida Ozarboyjonning energetika sohasida sodiq hamkori bölib kelganini mamnuniyat bilan qayd etmoqçiman. Yaxşi an’analarga asoslangan va mustahkam poydevorga qurilgan bu boradagi hamkorligimiz bugun ham muvaffaqiyatli davom etmoqda», — dedi davlat rahbari.

U Boku AQŞ tomonidan Ozarboyjonning energetika strategiyasiga körsatilayotgan doimiy qöllab-quvvatlov, şuningdek, mintaqada barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvçi ulkan loyihalarni amalga oşirişini yuksak qadrlaşini ta’kidladi.