O‘zbekiston | 16:29 / 01.08.2022
5553
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda OTB ajratgan imtiyozli pul mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatib keluvchi MChJ rahbariga OTB mablag‘lari hisobidan uzumzor va tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘mdan ortiq pul talon-toroj etilgani aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va "Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi o‘rganildi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, o‘rganishda Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatib keluvchi “KT” MChJ rahbari A.Q.ga Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan uzumzor va tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan “KT” MChJ rahbari A.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid