Rossiyada yil boshidan beri 3,4 million gektar o‘rmon yonib ketdi
«Avialesoxrana» ma’lumotlariga ko‘ra, RFda 1 yanvardan avgust oyining boshigacha 3,4 million gektar o‘rmon yonib ketgan. FH yettita sub’yektda joriy etildi.

Foto: TASS
Rossiyada 1 yanvardan avgust oyining boshigacha sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida, asosan, Sibir va Uzoq Sharqda 3,4 million gektar o‘rmon yonib ketdi. Bu haqda Federal o‘rmon xo‘jaligi agentligi («Avialesoxrana») tomonidan 1 avgust, dushanba kuni taqdim etilgan ma’lumotlarda aytilgan. Gap yerda aniqlangan va o‘rmon aviatsiyasi ishlari zonalari (2 438 238,06 gektar), faol o‘chirilgan yong‘inlar (79 454,29 gektar) va o‘t o‘chiruvchilarning jadal ishi to‘xtatilgan hududlardagi (901 816 gektar) o‘choqlar haqida bormoqda.
Shu bilan birga, RFning yettita sub’yektida favqulodda holat (FH) rejimi joriy etildi. U Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Xabarovsk o‘lkasi, shuningdek, Komi Respublikasi bir qismi, Mansiysk avtonom okrugi, Irkutsk, Magadan va Saxalin oblastlariga to‘liq ta’sir ko‘rsatdi.
Rossiyaning 58 ta sub’yektida, shu jumladan Moskva oblastida maxsus yong‘inga qarshi rejim o‘rnatildi.
1 avgust holatiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 4 053 kishi, 316 ta texnika, shuningdek, 31 ta samolyot jalb etilgan.
Iyul oyi o‘rtalarida Uzoq Sharqning Vostok.Today resursi Yoqutistonni o‘rmon yong‘inlari tutuni qoplagani, qirg‘og‘idan toshgan daryolar oqibatida esa bir qator aholi punktlarini suv bosgani to‘g‘risida xabar qilgandi. Verxoyansk tumanining suv bosgan qishloqlari respublika janubidan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u yerda o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda.
Nashr rasmiylarning tabiiy ofat bilan kurashini «taktik xarakterdagi chora-tadbirlar» deb atadi. Jurnalistlar fikricha, Yoqutistonda asfaltlangan yo‘llarning zichligi 1000 kvadrat kilometrga atigi 4 kilometrni tashkil etadi. Shu sababli ham cho‘kayotgan, ham yonayotgan joylarga yordam jo‘natish qiyin.
«Interfaks» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 iyul holatiga ko‘ra, Yoqutistonda 40,3 ming gektar o‘rmon maydonida 57 ta yong‘in qayd etilgan.
May oyining o‘rtalarida Rossiyada o‘rmon yong‘inlari maydoni to‘rt kun ichida ikki baravar ko‘paydi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

16:25
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

12:53
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:22
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi

08:20