Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Har yili 500 nafargacha 14-30 yoshdagi nogironligi bo‘lgan yoshlarga 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, subsidiya 2 ta yo‘nalishda ajratiladi: nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun; nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
Bildirilishicha, quyidagi yo‘nalishlarda o‘qish mumkin:
xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, turk, koreys, yapon, xitoy, arab, fors, hind, pushtu, dariy);
umumta’lim fanlari (ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), rus tili va adabiyoti, tarix, kimyo, biologiya, geografiya, matematika, fizika, informatika);
zamonaviy kasblar (veb dasturlash, grafik dizayn, moushn grafika, dijital marketing, SMM va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladigan shu kabi sohalar).
Shuningdek, quyidagi asbob-uskunalarni olish mumkin: motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026