O‘zbekiston | 16:38 / 03.08.2022
19109
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Foto: Kun.uz

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Jamol Eshniyozov agrar va oziq-ovqat tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudirining o‘rinbosari bo‘ldi.

O‘z navbatida Ulug‘bek Javliyev ushbu lavozimdan ozod etildi. 

Joriy yilning iyun oyi oxirida Shahobiddin Musayev turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha kotibiyat rahbari o‘rinbosari – turizm, madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor mudiri lavozimiga tayinlangan edi. 

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha kotibiyatning ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash sektori mudiri lavozimida ishlab kelgan. 

May oyida O‘tkir Jo‘rayev Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha kotibiyatning maktab va maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi islohotlarni tahlil va monitoring qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi etib tayinlangan edi. 

Shuningdek, Bunyod Mamatyusupov oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kotibiyatning xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga o‘rgatish, mahallalarda faol ayollar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi etib tayinlandi. 

Mavzuga oid