O‘zbekiston | 10:01 / 05.08.2022
7239
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p kvartirali uylar umumiy mulki hududida qo‘shimcha obekt qurish taqiqlandi

Foto: Kun.uz

“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 sentabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Bunda:

  • muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bank xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
  • tugatilgan yoki boshqarish usuli o‘zgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qo‘llaydi.

1 noyabrdan:

  • ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;
  • uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;
  • qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Mavzuga oid