Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni to‘xtatdi
Xitoy AQSh bilan ayrim formatlardagi muloqotlarni bekor qildi. Jinoiy-huquqiy yordam, noqonuniy migrantlarni vataniga qaytarish, iqlim o‘zgarishi, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, giyohvandlik moddalarini nazorat qilish sohalarida ham hamkorlik to‘xtatildi.
Foto: AP
Xitoy qator yo‘nalishlarda AQSh bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi. Pekin AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga javoban shunday qarorga keldi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytildi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy XXR va AQSh Mudofaa vazirliklari vakillari uchrashuvini hamda ikki mamlakat mintaqaviy harbiy qo‘mondonliklari darajasidagi muzokaralarni bekor qilgan.
Xitoy TIV jinoiy-huquqiy yordam, noqonuniy migrantlarni vataniga qaytarish, iqlim o‘zgarishi, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, giyohvandlik moddalarini nazorat qilish sohalarida AQSh bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Avvalroq Pekin Nensi Pelosi va uning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar kiritgandi. Ta’kidlanishicha, Tayvanga tashrifi bilan Pelosi «Xitoy ichki ishlariga aralashgan» va «mamlakat hududiy yaxlitligini» buzgan.
4 avgust kuni, Pelosi ketganidan so‘ng, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvanga yaqin hududda avval e’lon qilingan havo va dengiz harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
Mavzuga oid
01:21
Urush. Arablar nega jim?
22:56 / 03.03.2026
Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berilganini aytdi
21:52 / 03.03.2026
Eronni qo‘rquvda ushlab turgan kema – “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi haqida
20:57 / 03.03.2026