Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobini ommalaştiriş böyiça deputat Akmal Saidov boşçilik qilayotgan loyihaga 2,6 mlrd söm söralayotgani muhokamalarga sabab bölmoqda.

2 avgust kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi hay’ati (mablağ ajratuvçi) yiğilişida vazir Ibrohim Abdurahmonov loyihani tanqid qilgandi.

Abdurahmonov 4 avgust kungi matbuot anjumanida bu borada qöşimça ma’lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Vazirning aytişiça, hozir loyihalaştirişning yangi tizimi yölga qöyilgan. Vazirlikka yuborilgan loyihalar bir neça bosqiçda tekşirilib, keyin moliyalaştiriş masalasida qaror qabul qilinadi.

“Bu joyda manfaatlar töqnaşuvi juda ham katta. Özbekistonda barça olimlar bir-birini yaxşi taniydi va bir-biriga xulosa berişi juda ham qiyin. Şuning uçun bizda zanjirlarni uzgan joyimiz bor. Loyiha ilmiy ekspertiza, texnik ekspertiza, ilmiy kengaşlar va jamoatçilik kengaşi muhokamasidan ötadi”, – dedi u.

Abdurahmonovga köra, 1-bosqiç – texnik ekspertiza raqamlaştirilgan bölgani uçun undan har qanday loyiha ötadi. Keyingi bosqiç ilmiy ekspertiza bölib, bunda loyihani ikki kişi tekşiradi. Bu sub’yektiv tekşiriş bölgani uçun, loyiha keyingi bosqiçda ilmiy kengaşga taşlanadi. 25-31 a’zodan iborat ilmiy kengaşdan ötsa, keyin vazirlik hay’atida köriladi.

“Vazirlik hay’atida mening iştirokimda köriladi. Öşa loyihani ham hali moliyalaştirmadik. Uni, mana, ilmiy kengaşning raisi, qöşma kengaşdan ötkazganmiz. Ular bizga buni qayta körib çiqiş talabini qöyişdi. Qaytadan şakllantiriş qölimizdan keladi deyişdi. Şakllantirsa, yana körib çiqamiz.

Lekin bizning savollarimiz oçiq qoldi, YouTube'da ham turibdi, jamoatçilikning fikri ham turibdi. Mana şundan ötib ketib, loyihani bizga topşiraman deyişsa, qarşiligimiz yöq, yana bir marta körib beramiz.

Öylaymanki, bu loyiha [hay’atga takroran] kiritilişi imkoniyatlari juda ham kam. Loyiha hay’atda körilsa, sizlar bundan albatta xabar topasizlar. Çunki yiğilişlarimiz onlayn translatsiya böladi”, – dedi Abdurahmonov.

Loyiha uçun söralayotgan 2,6 mlrd söm nimalarga sarflanişi közlangani haqida Kun.uz'ning avvalgi materialida tanişişingiz