Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston 1-o‘ringa chiqib oldi
Hindistonda shaxmat olimpiadasi yakuniga yetib bormoqda.
Shaxmat olimpiadasining 9-turida turnir davomida mag‘lubiyatga uchramagan ikki jamoa O‘zbekiston va Armaniston vakillari bahs yuritishdi.
Unda O‘zbekiston jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Javohir Sindorov va Jahongir Vohidov o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi, Nodirbek Yoqubboyev va Nodirbek Abdusattorov durang qayd etishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ochkolari sonini 16 taga yetkazib, 188 ta jamoa ishtirok etayotgan turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi. Jamoa turnir boshidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Bu tur arafasida birinchi o‘rin uchun da’vogar bo‘lgan jamoalardan biri Hindiston-2 jamoasi Ozarboyjon bilan durang o‘ynadi (2:2) va 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Bu tur arafasida peshqadam bo‘lib turgan Armaniston jamoasida ham 15 ta ochko bor.

Musobaqa yakuniga yana ikki tur qoldi. Turnir 10 avgust kuni yakunlanadi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
23:44 / 13.06.2026