Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin BMT Bosh assambleyasiga bormasligi ma’lum qilindi
Vladimir Putin shuningdek, sessiyada chiqish qilishni ham rad etgan.
BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasida Rossiya delegatsiyasiga prezident Vladimir Putin o‘rniga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin shuningdek, sessiyada chiqish qilishni ham rad etgan. Rossiya prezidenti oxirgi marta 2020 yil sentabrda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qilgandi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibidan Sergey Lavrovdan tashqari, uning o‘rinbosari Sergey Vershinin, davlat dumasi va federatsiya kengashi vakillari Leonid Slutskiy va Grigoriy Karasin hamda Rossiya tashqi ishlar vazirligi departamentlari direktorlari o‘rin oladi.
BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi 13 sentabr kuni ochiladi va 27 sentabrgacha davom etadi. Sessiyada 20 sentabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden va 21 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy chiqish qilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026