Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 6 oyda 4,7 trln so‘mlik kimyo sanoati mahsuloti ishlab chiqarildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kimyo sanoatida joriy yanvar-iyun oylarida 4,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpog‘iston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Getty Images
Ma’lum qilinishicha, yirik bo‘lgan “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining Surgil gaz-kimyo kompleksi korxonasi yiliga 400 ming tonna polietilen, 100 ming tonnaga yaqin polipropilen va 102 ming tonna piroliz distillyati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Korxonada 2022 yil yanvar-iyun oylari yakunida jami 4,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shundan 764,3 mlrd so‘mlik 42,3 ming tonna polipropilen, 1669,2 mlrd so‘mlik 150,2 ming tonna polietilen, 28,5 mlrd so‘mlik 44,3 ming tonna yengil neft distillyatlari, 5,1 mlrd. so‘mlik 178,8 mln kVs elektr energiyasi ishlab chiqilgan.
Korxona tomonidan oxirgi 6 oyda jami 127,3 mln dollarlik polietilen va polipropilen mahsulotlari eksport qilingan.
Shuningdek, Qo‘ng‘irot soda zavodida yanvar-iyun oylarida 242,3 mlrd so‘mlik 102,2 ming tonna dinatriy karbonati va 752,5 mln so‘mlik 6,3 ming tonna ohak toshi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025