O‘zbekiston | 10:21 / 09.08.2022
9506
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro J.K. boshqa bir fuqaro J.ga, tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 2,2 mln so‘m va 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid