Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari hududi kengaytiriladi
Qonunchilik palatasidagi Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda “Farg‘ona viloyati Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qaror loyihasi bilan Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan yerlar ular amaldagi yer fondi toifalari o‘zgartirilmagan holda o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlariga ajratilayotgan yer maydonlarida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Farg‘ona shahri tarkibiga Farg‘ona tumanidan o‘tayotgan yer maydoniga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, 80 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha va oilaviy poliklinika qurilishi rejalashtirilgan.
Qo‘qon shahri tarkibiga Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara tumanlaridan o‘tayotgan yer maydonlarida 150 ta ko‘p qavatli uylar, biznes markazlari, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi hamda Marg‘ilon shahri tarkibiga Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari hisobidan o‘tayotgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalari, 108 ta ko‘p qavatli turar joy binolar qurilishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilishda tegishli qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026