08:02 / 10.08.2022
3601

AQSh Ukrainani minalardan tozalash uchun 90 mln dollar ajratmoqda

Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning 160 ming kvadrat kilometr maydonida portlamagan portlovchi qurilmalar bo‘lishi mumkin. AQSh 100 ta minadan tozalash guruhi ishini va ukrainalik mutaxassislarni tayyorlashni moliyalashtiradi.

Foto: DRC

AQSh Ukrainaga o‘z hududini tozalashda yordam berish uchun 89 million dollar yuboradi, bu haqda Davlat departamenti 9 avgust, seshanba kuni xabar berdi. «Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy va hech qanday sababsiz bostirib kirishi mamlakatning keng hududlarini minalar, portlamagan o‘q-dorilar va qo‘lbola portlovchi qurilmalar bilan to‘ldirdi, - deyiladi AQSh tashqi siyosat idorasi bayonotida. - Bu xavfli buyumlar begunoh Ukraina fuqarolarini o‘ldirish va mayib qilishda davom etmoqda. Ukraina hukumati mamlakatning 160 ming kvadrat kilometr maydoni portlovchi qurilmalar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan».

Qayd etilishicha, Amerika mablag‘i Ukrainada 100 ga yaqin minalardan tozalash guruhlarini tashkil etish hamda portlamagan minalar va snaryadlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va jihozlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish imkonini beradi. 

Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, 1993 yildan beri AQSh dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida minalardan tozalash va ortiqcha o‘qotar qurollar, yengil qurollar hamda o‘q-dorilarni olish va yo‘q qilish uchun 4,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top