Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes yuritish qulayligi bo‘yicha 14 ta hudud milliy reytingi shakllantirildi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Strategik rivojlanish agentligi axborot xizmati rahbari Manzura Hasanova tizimda birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Foto: Fotolia
Qayd etilishicha, investitsion salohiyat va biznes yuritish qulayligi bo‘yicha 14 ta hudud milliy reytingi shakllantirildi.
Milliy reytingni ishlab chiqishda ma’lumotlar 2022 yil birinchi yarim yilligi davomida ikki mezon asosida to‘plandi.
Birinchisi – 105 ta ko‘rsatkich bo‘yicha hududlar investitsiya salohiyatini baholash uchun statistik ma’lumotlar tahlili qilindi. Mezonning reytingdagi ulushi 70 foizni tashkil etadi.
Ikkinchisi – ekspertlar fikrlari hamda tadbirkorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali biznes yuritishi qulayligini baholash. Bu mezonning reytingdagi ulushi 30 foizni tashkil etdi.
Bugungi kunga qadar jami 4 979 nafar tadbirkor bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan, umumiy to‘plam bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab 3 394 nafar tadbirkor so‘rovdan o‘tkazilgan.
Reyting joriy yil 20 avgustda “Ochiq muloqot” tadbiri davomida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:00 / 03.04.2026
Harbiy sanoat gigantlari: dunyo reytingi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
15:06 / 23.03.2026
Tadbirkorlar reytingida bojxona va tashqi savdo omillari inobatga olinadi
07:27 / 17.03.2026