Jahon | 19:57 / 10.08.2022
10925
2 daqiqa o‘qiladi

YeI rossiyaliklarga Shengen vizasini berishni taqiqlash tashabbusini muhokama qilishni boshladi

Barcha rossiyaliklarga Shengen vizasi berishni taqiqlash taklifi bilan birinchi bo‘lib Belgiya chiqqandi.

Foto: TASS

Yevroittifoq qator mamlakatlarning rossiyaliklarga Shengen vizasini berishni taqiqlash borasidagi tashabbusini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt ma’lum qildi.

«Loyiha YeIning ayrim mamlakatlari tomonidan kiritilgan va kun tartibida turibdi. GFR hukumati bu bo‘yicha hukumat a’zolari va YeI ichida munozara o‘tkazadi. Munozaralar yakuniga yetmagani uchun dastlabki natijalar haqida ma’lum qila olmayman», — dedi Hebeshtrayt.

Shvetsiya Rossiya fuqarolariga viza berishni bir tomonlama tartibda yoki Yevropa ittifoqi davlatlari bilan birgalikda to‘xtatishni istisno qilmaydi, deb yozadi Dagens Industri gazetasi.

Barcha rossiyaliklarga Shengen vizasi berishni taqiqlash taklifi bilan birinchi bo‘lib Belgiya chiqqandi.

«Barcha rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatish taqiqlanmasligi kerak», — degandi mamlakatning qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri Semmi Mahdi fevral oyida. Martda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy ana shunday tashabbus bilan chiqdi.

Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Chexiya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya rossiyaliklarga turistik viza berishni allaqachon to‘xtatgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid