Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donetskda zavod o‘qqa tutilishi natijasida ammiak sizib chiqdi
«DXR» «hokimiyati» ma’lumotlariga ko‘ra, Donetskdagi «Sarmat» zavodida ammiak sizib chiqishi radiusi 2 kilometrni tashkil etdi.
Foto: IMAGO
11 avgust, payshanbaga o‘tar kechasi bosib olingan Donetsk shahrining Kalinin tumanidagi «Sarmat» zavodi o‘qqa tutilishi natijasida ammiak quvuri shikastlandi va ammiak sizib chiqdi. Ukrainaning «Insayder UA» Telegram-kanaliga ko‘ra, ko‘plab odamlar jarohat olgan, hozir shaharliklardan «derazalarni yopish va tashqariga chiqmaslik» so‘ralmoqda. Shu bilan birga, o‘zini «DXR» deb e’lon qilgan hududda faoliyat yuritayotgan «Donetsk axborot agentligi» «Hududiy mudofaa shtabi»ga tayanib, ammiakning chiqishi paytida zarar ko‘rgan hudud 2 kilometrni tashkil etganini ta’kidladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma vaqtida zavodda 32 kishi bo‘lgan, bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika «FVV» aholiga uylarini qo‘shimcha ravishda yopish va limon yoki sirka kislotasining besh foizli eritmasi bilan namlangan paxta-doka niqoblar orqali nafas olish choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Ayni paytda, ijtimoiy tarmoqlarda Donetskdagi zavodda o‘qqa tutilganidan so‘ng boshlangan yong‘inning videoyozuvlari faol ravishda tarqatilmoqda.
«DXR» «hokimiyati» voqeada Ukraina harbiylarini ayblamoqda.
Mavzuga oid
10:23 / 24.12.2025
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
14:07 / 09.12.2025
Donetskda AQSh fuqarosining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
13:48 / 05.12.2025
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
12:11 / 29.10.2025