Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 5 ta korxonani bug‘doy xaridi bo‘yicha birja savdolaridan chetlatdi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida 6 ta korxona tomonidan un mahsulotini birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha grafiklar taqdim etilmagani aniqlandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 16 ta korxona tomonidan normaga nisbatan kam hajmda grafik tasdiqlangan va 2 ta korxona tomonidan grafik umuman bajarilmagan.
Qo‘mita tomonidan tovar-xomashyo birjasiga ko‘rsatma bergan holda joriy yil iyul oyida un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxonani bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirildi.
Ma’lum qilinishicha, respublikada 2022 yil hosilidan 7,8 mln tonna bug‘doy yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, iyun-iyul oylarida 7,2 mln tonna (92 foiz) bug‘doy hosili yig‘ib olingan. 1 iyundan boshlab un mahsulotlarini ham birja orqali bozor tamoyillari asosida sotish belgilandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga birjadan xarid qilingan 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doydan chiqqan unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni bug‘doy bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishini cheklash bo‘yicha tovar-xomashyo birjasiga ko‘rsatma berish vakolati berilgan.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
14:06 / 26.10.2024
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi
19:03 / 15.10.2024