Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyunda Yevroittifoqdan Rossiyaga mahsulotlar eksporti hajmi oshdi
Rossiyaning eng yirik eksportyori Germaniya bo‘ldi: 1,16 mlrd yevrolik mahsulot yetkazib berilgan.
Foto: Adobe Stock
Iyun oyida Yevroittifoqdan Rossiyaga mahsulotlar eksporti 4,45 mlrd yevroni tashkil etdi.
Eurostat agentligining qayd etishicha, iyunda eksport hajmi may oyidagiga (3,78 mlrd yevro) nisbatan 18 foizga oshgan. Eksport o‘sishi apreldan keyin ketma-ket ikkinchi oy kuzatildi. Ammo 2021 yil iyuni (7,21 mlrd yevro) bilan taqqoslaganda, bu sezilarli darajada kam.
Iyunda Rossiyaning eng yirik eksportyori Germaniya bo‘ldi: 1,16 mlrd yevrolik mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinda esa Italiya joylashdi: 532 mln yevrolik eksport. Polshadan mahsulot yetkazib berish qariyb 1,6 baravarga (395 mln yevro), Boltiq mamlakatlari eksporti o‘ttiz foizga oshgan (481 mln yevro).
Yevroittifoqdan Rossiyaga nasoslar, sentrifugalar, idish yuvish mashinalari, qishloq xo‘jalik mashinalari, taom va ichimliklar tayyorlash qurilmalari eksporti keskin o‘sgan. Keyingi o‘rinda esa dori-darmonlar turibdi: iyun oyida Rossiyaga 791 mln yevrolik dori-darmon yetkazib berilgan.
Mavzuga oid
14:28
Patrushev NATOni “hujumkor guruh” tuzishda aybladi
13:20
“Rosatom” Vengriyadagi AES bo‘yicha Siemens Energy bilan shartnomani bekor qildi
13:09
Telegram blokirovkasi fonida: rossiyaliklar Windows bilan muammolardan shikoyat qilmoqda
13:00