Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovozli xabar yuborishni taqiqlash va Premium'ni boshqalarga sovg‘a qilish - Telegram'dan yangiliklar
Telegram'ning yangi talqini e’lon qilindi. Asosiy yangiliklar messenjerning pulli Premium versiyasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Endi ular boshqa foydalanuvchiga Telegram-Premium'ni sotib olib berishlari, shaxsiy yozishmalarda suhbatdoshining ovozli va video xabar yuborishini cheklab qo‘yishi mumkin.

Yangi talqin to‘xtovsiz qimirlab turadigan emojilarga to‘la / Foto: Telegram
12 avgust kuni Telegram messenjeri ilovaning yangi talqinini taqdim etdi.
Endilikda Telegram Premium foydalanuvchilarida yangicha maxfiylik sozlamasi paydo bo‘ldi: ular o‘zlariga kimlar tomonidan ovozli va video xabarlar yuborilishi mumkinligini boshqara olishadi.
Sozlamalar orqali muayyan odamlar yoki guruhlarning ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini cheklash yoki istisnolar kiritish mumkin. Shuningdek, pulli versiyada ma’lum shaxslardan kelgan ovozlarni doimiy ravishda matnga o‘girish rejimini yoqish mumkin.
Yana bir imkoniyat – Telegram Premium obunasini boshqalarga 3, 6 yoki 12 oylik muddatga chegirma narxda sovg‘a qilish mumkin. Hadya qilingan obuna ushbu foydalanuvchiga maxsus xabar sifatida darhol boradi.
Telegram Premium'ga obuna bo‘lish yoki uni hadya sifatida berish uchun @PremiumBot ochilgan.
Bundan tashqari, ilovaning yangi talqini yangicha emojilar to‘plami va platformasini ham o‘z ichiga olgan – ular ham Premium-foydalanuvchilar uchun. Yangi animatsiyali emojilarni xabarlar matni va media izohlariga kiritish mumkin bo‘ladi. Premium foydalanuvchilarga hozircha 10 ta dastlabki maxsus emoji to‘plamidan iborat 500 ta emoji taqdim qilingan.
Oddiy foydalanuvchilar ham o‘ziga yuborilgan animatsiyali emojilarni ko‘rishi hamda saqlangan xabarlar chatida saqlab, bepul foydalanishi ham mumkin.
Shuningdek, yangilanishlar qatoriga boshqa interaktiv emojilar va yangi GIF'lar ham qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Telegram faol foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini ma’lum qildi hamda eksklyuziv qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beruvchi pulli obuna – Telegram Premium'ni taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025