Telegram asosçisi Pavel Durov messenjerning avval ma’lum qilingan pulli versiyasi taqdim etilişini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, messenjer işga tuşgaç, deyarli 9 yildan buyon foydalanuvçilar uçun boşqa messenjerlardan köra köproq imkoniyat va resurslar berib kelmoqda.
“Ayni kunlarda çatlar, multimedia va fayllarni yuklaş böyiça biz örnatgan çeklovlar (limitga) yetadigan boşqa raqib (boşqa messenjer) yöq. Şunga qaramay, köpçilik mazkur çeklovlarni oşirişni iltimos qildi. Muammo şundaki, agar biz hamma uçun barça çeklovlarni olib taşlasak, serverlar va trafik uçun sarflaydigan xarajatlarimiz boşqarib bölmaydigan holatga keladi. Oqibatda esa bazm (bepul Telegram'ning özi nazarda tutilmoqda – tahr.) hamma uçun tugagan bölardi.
Eng talabçan foydalanuvçilarimiz uçun mavjud funksiyalarni saqlab qolgan holda köproq narsaga ega bölişning yagona yöli – pulli obuna orqali limitni oşiriş ekanini tuşundik. Şu sababli, bu oyda biz xohlagan kişi obuna böla oladigan Telegram premium obuna rejasini taqdim qilamiz. Unda tezlik, resurslar va boşqa qöşimça funksiyalardan foydalaniş imkoni böladi”, – deya yozdi Durov öz kanalida.

Messenjer asosçisi ayni vaqtda işlab turgan barça funksiyalar bepul bölib qolişi, unga köplab qöşimça yangi funksiyalar qöşilişini bildirgan.
Durovning aytişiça, foydalanuvçilar maxfiyligini saqlagan holda turli kanallarda berilayotgan reklamalar öylanganidan ham köra yaxşiroq özini oqlagan. Lekin, Durov foydalanuvçilar asosiy prioritetda qolişi uçun Telegram asosan reklama beruvçilar tomonidan emas, balki foydalanuvçilar tomonidan moliyalaştirilişi kerak, deb hisoblaşini bildirgan.
Hozirça Telegram Premium'ning obuna narxlari va qanday imtiyozlarga ega bölişi haqida rasman ma’lumot berilmadi. Internetda tarqalgan norasmiy ma’lumotlarga köra, premium versiyaning taxminiy narxi bir oyga 5 dollarni taşkil qilişi mumkin.













