42 davlat RFni Zaporijjya AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi
42 davlat Rossiyadan Zaporijjya AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqishni talab qilmoqda. Ularning qo‘shma bayonotida aytilishicha, Rossiya qismlarining ZAESga joylashtirilishi qabul qilinishi mumkin emas.
Dunyoning 42 davlati Rossiyani bosib olingan Zaporijjya AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi. «Rossiya harbiy xizmatchilari va qurol-aslahalarining atom elektr stansiyasiga joylashtirilishi qabul qilinishi mumkin emas. Bu Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA)ning barcha a’zolari hurmat qilish majburiyatini olgan xavfsizlik qoidalari va tamoyillariga e’tiborsizlikdir», — deyiladi qo‘shma bayonotda.
«Biz Rossiya Federatsiyasini Zaporijjya atom elektr stansiyasidan, uning atrofidan va butun Ukrainadan qurolli kuchlari hamda boshqa ruxsat etilmagan xodimlarini zudlik bilan olib chiqishga chaqiramiz, shunda operator va Ukraina hukumati xalqaro miqyosdagi suveren majburiyatlarini Ukrainaning tan olingan chegaralari ichida yana bajara oladi, - deyiladi bayonotda. - Bu, shuningdek, AEXAga Ukraina majburiyatlariga muvofiq [AESni] o‘z vaqtida va xavfsiz tarzda tekshirishni amalga oshirishga imkon beradi».
Bayonot AQSh, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa o‘nlab davlatlar, shuningdek, Yevropa ittifoqi nomidan berilgan.
Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Natijada kamida bir xodim jarohatlandi. Bundan tashqari, RF QK stansiyani minalab qo‘ygani haqida dalillar mavjud.
5 avgust kuni Ukrainaning «Energoatom» davlat kompaniyasi rahbari Petr Kotin DW’ga bergan intervyusida: «Biz yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni to‘liq nazorat qilolmayapmiz, chunki uni foydalanuvchi tashkilot sifatida nazorat qilishimiz kerak», deb tan oldi. AEXA ZAESning o‘qqa tutilishi sababli yadroviy falokat xavfi haqida ogohlantirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zaporijjya AES bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya atom sanoatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi. «Bu faqatgina xavfsizlik masalasi. Kimki boshqa davlatlarga yadroviy tahdid tug‘dirsa, demak, uning o‘zi yadroviy texnologiyadan xavfsiz foydalanishga qodir emas», - dedi u.
Mavzuga oid
10:30 / 11.11.2024
RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
10:00 / 21.10.2024
RF qo‘shinlari Zaporijjyaga hujum qildi: 10 kishi yaralandi
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024