Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazasi yaqiniga raketa zarbalari berdi
Isroil Eronning Suriyadagi harbiy obektlariga bir necha bor raketa hujumi uyushtirdi. Xususan, RFning Tartusdagi harbiy bazasi yaqiniga zarbalar berildi, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.
Isroil qo‘shinlari 14 avgust, yakshanba kuni Eronning Suriyadagi harbiy obektlariga qator raketa hujumlarini uyushtirdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi Suriya razvedkasi va armiyasidagi manbalarga tayanib. Rossiya HDKning Suriyadagi asosiy bazasi hisoblangan Tartus porti yaqinidagi Eron harbiy bazasi, radar stansiyasi va HHM postiga bir necha marta zarba berildi.
Isroilning boshqa zarbalari eronparast «Hizbulloh» radikal guruhi vakillari joylashgan Damashq shimoli-sharqiy chekkasiga ham berilgan. Suriya armiyasi Isroil zarbalari oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va uch nafar askar yaralanganini ma’lum qildi.
So‘nggi bir necha yil ichida Isroil Suriyadagi Eron bilan bog‘liq deb hisoblangan nishonlarga yuzlab zarbalar berdi. Agentlik qayd etishicha, hozircha isroilliklar Rossiyaning Suriyadagi asosiy harbiy bazalari yaqiniga zarba berishdan tiyilib turgandi.
11 avgust kuni Bloomberg agentligi Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, Ukrainadagi urush uchun Suriyadan qurol-yarog‘ va texnikalarni olib chiqqani haqida xabar berdi. Buning uchun RF Mudofaa vazirligi nazorati ostidagi «Oboronlogistika» kompaniyasiga tegishli va AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan Sparta II savdo kemasidan foydalanilgan. Kema Suriyaning Tartus portidan chiqib, Novorossiyskka yetib kelgan, Turkiya esa garchi harbiy kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan o‘tishi taqiqlangan bo‘lsa-da, uning yukini tekshirmagan.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026