O‘zbekiston | 12:13 / 17.08.2022
5339
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda yig‘iladi

19 avgust kuni Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu tadbir O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida o‘tkazilib, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Yig‘ilishda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, ShHT MATT kotibiyati va ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etadi.

Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm, qurol va narkotik moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. 

ShHTga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishlari 2004 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid