Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquq himoyachilari: Rossiya tergov izolyatorlarida ayblanuvchilarni Ukrainadagi urushga yollashmoqda
Tergov izolyatorlarida bo‘lgan va Ukrainaga borishga rozi bo‘lgan gumonlanuvchi hamda ayblanuvchilarning jinoiy ishi to‘xtatilmoqda, deb xabar berdi «Rus sidyashchaya» asoschisi Olga Romanova.
Rossiyada Ukrainadagi urushda qatnashish uchun tergov izolyatorlarida bo‘lgan gumonlanuvchi va ayblanuvchilarni yollash boshlandi. Bu haqda 17 avgust, chorshanba kuni huquq himoyachisi, «Rus sidyashchaya» jamg‘armasi asoschisi Olga Romanova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxslarga nisbatan ochilgan jinoyat ishlari to‘xtatilmoqda.
Bunday amaliyot mavjudligini «Ostorojno, novosti» nashriga Gulagu.net inson huquqlari loyihasi asoschisi Vladimir Osechkin tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishonch telefoniga Moskva va Moskva oblasti, Sankt-Peterburg, Ryazan, Tver va Bryanskda shu kabi holatlar haqida ma’lumot kelib tushgan.
Iyul oyi boshida OAVda Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya koloniyalarida mahbuslarni yollayotgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. «Verstka» nashri va «Rus sidyashchaya» jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, avgust oyi o‘rtalariga kelib, XHK vakillari mamlakatning 13 mintaqasidagi 21 ta koloniyaga tashrif buyurgan. Romanovaning DW’ga xabar berishicha, «Vagner» XHK bilan aloqador deb hisoblanuvchi tadbirkor Yevgeniy Prigojin shaxsan koloniyadagi mahbuslarni yollashga borgan.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026