Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanitar tozalash ishlari bo‘yicha respublika markazi tashkil etiladi
Prezidentning “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha hududiy filiallari tashkil etiladi.
Markaz asosiy vazifalari:
- sohaga AKTni joriy etish va ularni rivojlantirish, abonentlar hamda to‘lovlar hisobi yagona billing tizimi, elektron to‘lov tizimlarini takomillashtirish;
- chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirishda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish xarajatlarini markazlashtirilgan holda qoplash;
- aholini maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
- sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish, investitsiya loyihalari yuzasidan loyiha takliflari va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.
Markaz va hududiy filiallari faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilgani uchun undirilgan kompensatsiya to‘lovlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga o‘tkaziladigan miqdoridan qolgan qismi;
- davlat unitar korxonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlardan ajratmalar;
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
17:51 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
12:44 / 17.11.2025