Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro va mahalliy aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari o‘rtasida bepul avtobus qatnovi test rejimida yo‘lga qo‘yildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05:00dan 23:30 gacha xizmat ko‘rsatadi.
Bu haqda xabar bergan Uzbekistan Airports matbuot xizmati ayni masalada yo‘lovchilardan ko‘plab murojaatlar tushganini qayd etgan.
“Yo‘lovchilar ayrim hollarda terminallarda adashtirib noto‘g‘ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul – taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas”, – deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, terminallararo avtobus har soatda, jadvalga muvofiq harakatlanadi.
Avtobus xalqaro aviaqatnovlar terminalida jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida, avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi. Mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.
Avtobus xizmatlaridan hamma barcha xohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin, deyiladi rasmiy relizda.
Mavzuga oid
08:40 / 16.05.2026
Toshkent aeroportida qariyb 1 kg sintetik narkotik ushlab qolindi
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
09:58 / 21.01.2026