Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Si Tszinpin Indoneziyadagi G20 sammitiga kelishni rejalashtirmoqda
Bo‘lajak sammitning ko‘plab ishtirokchilari Ukrainadagi urush tufayli Putinning ishtirokini muammoli deb bilishyapti. G20 sammitiga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham taklif qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham, Xitoy rahbari Si Tszinpin ham Indoneziyaning Bali orolidagi «katta yigirmatalik» (G20) sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan. «Si Tszinpin keladi. Prezident Putin ham kelishini menga aytdi», dedi Indoneziya prezidenti Yoko Vidodo 19 avgust, juma kuni e’lon qilingan Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida.
Vidodo Putinga sammitga taklifnoma yuborgan, biroq Kreml hali Rossiya prezidentining ishtirokini rasman tasdiqlamadi. Bloomberg na Rossiya, na Xitoy tomonidan G20 sammitida davlat rahbarlarining ishtiroki haqidagi tasdiqni ololmadi.
G‘arbda Putinning G20 sammitidagi ishtiroki muammoli deb hisoblanyapti, chunki konferensiyaga Rossiya tomonidan qurolli tajovuzga uchragan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham taklif qilingan. G‘arb davlatlari Ukrainadagi urush tufayli Rossiya siyosiy jihatdan yakkalanib qolishi kerak, deb hisoblaydi va agar Vladimir Putin konferensiyaga kelsa, Balidagi G20 sammitida ishtirok etmasligi mumkin.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi vaqtda keskin yomonlashdi. Bunga AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri, AQShda prezident va vitse-prezidentdan keyin uchinchi o‘rinda turuvchi siyosiy yetakchi Nensi Pelosi hamda bir guruh AQSh kongressmenlarining yaqinda Tayvanga qilgan tashrifi sabab bo‘ldi. Bunga javoban Xitoy Tayvan yaqinida keng ko‘lamli mashqlar o‘tkazdi. Pekin Tayvanni Xitoyning isyonkor provinsiyasi deb biladi va kerak bo‘lsa, uni o‘z nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilmoqda.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026