Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasi Dehli shahrida o‘z vakolatxonasini ochdi
2022 yil 17 avgust kuni Hindistonning Dehli shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Alisher Shodmonov tashabbusi bilan ochilgan ushbu vakolatxona Akademiya tarixida birinchi bo‘lib, oliy tibbiy ta’limni tashkil etish, Hindiston mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etishda Toshkent tibbiyot akademiyasining Hindistondagi manfaatlarini ifodalaydi. Shuningdek, ish beruvchining talab va takliflaridan kelib chiqib, Hindistonning ilg‘or tibbiyot muassasalarida TMA rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etadi.
Ushbu vakolatxona TMA ning Hindistondagi doimiy muassasasi bo‘ladi va u quyidagi talablarga javob beradi:
- Ofis zamonaviy orgtexnika bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ega bo‘lishi va TMAning tegishli bo‘limi bilan doimiy aloqada bo‘lishi;
- Hindistonlik abituriyentlarning offlayn suhbatlari uchun yetarli joyga ega bo‘lishi;
- TMA va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi haqida to‘liq va batafsil ma’lumot berish;
- Hindiston tibbiyot markazlarida TMA rahbariyati va professor - o‘qituvchilari uchun stajirovkalarni amalga oshirishda, muvofiqlashtiruvchi markaz bo‘lish;
- TMA talabalari uchun Hindistonning yetakchi tibbiyot markazlarida (Fortis, Apollon, Artemis va boshqalar) yozgi amaliyotlarini tashkil etish;
- Hindiston mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash;
- Akademiya bitiruvchilari uchun potensial ish beruvchilarning arizalarini qabul qilish joyi bo‘lish;
- Hindistonning yetakchi o‘qituvchilarini TMAga taklif qilish orqali Akademiyaga uning o‘quv salohiyatini rivojlantirishda maksimal darajada yordam beradi.
Reklama
Mavzuga oid
20:00 / 12.04.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi
16:18 / 05.10.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi
14:59 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi
13:40 / 27.09.2022