1952 yilda AQŞning Pensilvaniya ştatida tuğilgan Stiven Kallahen yoşligidan kemasozlikka qiziqadi. U örta maktabni bitirgaç harbiy-dengiz muhandisligi böyiça tahsil oladi.

Öqişni tamomlagaç öz sohasida işlaş bilan birga turli dengiz poygalarida qatnaşa boşlaydi. Şu bilan birga turli gazeta va jurnallarda safar taassurotlarini yozib beradi.

Bundan taşqari, turli kemasozlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilib, ularga kiçik kemalar, yaxtalarning dizaynni çizib beradi. Hayotida sodir bölgan muhim bir voqeagaça Stivenni heç kim tanimagan. Ammo 76 kun Atlantika okeanida yeguliksiz, tirik qolgaç u butun dunyoga maşhur böladi.

Poyga va falokat

1982 yilda bir kişilik parusda Atlantika okeanini suzib ötiş böyiça musobaqa taşkil etiladi. Unda Stiven Kallahen ham iştirok etadi. Öşanda u 29 yoşda edi.

Uşbu musobaqada belgilangan talablar asosida barça dengiz sayohati işqibozlari qatnaşişi mumkin edi.

1981 yil kuzda Stiven özining 6,5 metr uzunlikdagi «Napoleon-Solo» parusida Buyuk Britaniyaga qaraşli Penzas şahridan suvga tuşadi. U yerdan Ispaniyaning La-Korunya şahrigaça boradi va şu yerda uning parusi buziladi.

Foto: trendymen.ru

Stiven bir neça kun davomida parusni tuzatadi va poygadagi iştirokini davom ettiradi.

1982 yil 29 yanvar kuni Stiven Kanar orollari tarkibiga kiruvçi Ierro oroliga yetadi va bu yerdan Karib havzasida joylaşgan Antigua orolini möljal olib yölga çiqadi.

Stiven 6 kun suzgaç okeanda ob-havo yomonlaşib, töfon boşlanadi. Bu paytda u Afrika qit’asi yaqinida joylaşgan Yaşil Burun orollaridan 450 mill uzoqlikda edi.

Töfon Stivenning parusiga zarar yetkazadi va uning osti teşilib çöka boşlaydi. Stiven parusdan maxsus rezina qayiq, garpun, ikkita suv işlab çiqaruvçi quyoş qurilmasi, navigatsiya xaritasi, ozroq suv va yeguliklarni olişga ulguradi.

Parus çökib ketganda Stiven usti yopiladigan rezina qayiq, biroz yegulik, bir neça litr suv hamda oçiq dengizda qanday qilib tirik qoliş mumkinligi haqida yozilgan kitob bilan qolgan edi xolos.

Diametri qariyb 2 metr bölgan rezina qayiq dengizning şör suvida 40 kun çidaşi mumkinligi haqida kafolat berilgan edi. Uni Atlantika okeanidagi Janubiy Passat oqimlari ohista surib ketadi va Stiven oçiq dengizda çorasiz qoladi.

Foto: outdoorrevival.com

Yaşaş uçun kuraş

Stivendagi yegulik va suv tez orada tugaydi. Şundan söng unga oçlik xavf sola boşlaydi. U garpun bilan baliq tutişga urinadi, ammo bu iş oson bölmaydi. Okeanda baliqlar çuqurroq joylarda bölişadi va Stiven bor-yöği bir neçta baliq tutişga muvaffaq böladi.

U tasodifan rezina qayiği içiga kirib qolgan quşlar va uçar baliqlarni tutib oladi. Stiven baliqlarni va quşlarni tiriklayin yeyişga majbur edi. Bu uni dengizçilarda uçraydigan singa kasalligidan asrab qoladi.

Foto: g1.globo.com

Stiven özi turgan joydan biroz narida dengiz kemalari qatnaydigan yönaliş borligini, agar öşa yerga yetsa najot topişi mumkinligini bilardi. Ammo eşkaksiz, faqat qöl bilan harakatlanib uyoqqaça yetib olişning imkoni yöq edi. Buning ustiga Stiven oç-nahor bölgani uçun unda kuç-quvvat qolmagandi.

Stivenga oçlikdan taşqari suvsizlik ham azob bera boşlaydi. U quyoş yordamida suv işlab çiqaruvçi qurilma yordamida har kuni yarim litrdan ozroq suv olar va bu Stivenning çanqoğini bosmasdi.

Stiven işlatgan suv qurilmasi juda sodda işlangan bölib, uning tepasi plyonka bilan yopilgan va osti dengiz suviga tegib turardi. Quyoş nurlari plyonka ostidagi dengiz suvini parlantirar, natijada suv buği plyonkaga borib yopişib, çuçuk suv tomçisiga aylanardi.

Foto: pikabu.ru

Oçiq okeanda qolib ketganining 40-kunida Stiven uzoqdan katta kemaning ötib ketayotganini körib qoladi. U harçand harakat qilmasin, kemadagilar Stivenni sezişmaydi. Şu tariqa bir neça kun mobaynida uning yaqinidan qariyb öntaça kema ötib ketadi. Biroq ularning birontasi Stivenni payqamaydi. Şundan söng uning umidi uziladi.

Okeanda yurganiga 50 kundan oşganidan söng Stivenni oçlik va suvsizlikdan köra rezina qayiqning holati taşvişlantira boşlaydi. Qayiqqa 40 kun kafolat berilgani uçun u istalgan paytda teşilib, yaroqsiz bölib qolişi mumkin edi. Ammo Stivenning baxtiga rezina qayiq ança kunga çidab beradi.

1982 yil 20 aprel kuni oçiq dengizda qolib ketganiga 76 kuni bölganda holdan toygan Stivenning qayiği Gvadayelupe orollari tarkibiga kiruvçi Mari Galant oroli yaqiniga borib qoladi. Bu paytda u holsizlikdan huşini yöqotayozgan, rezina qayiqda harakatsiz holda yotardi.

76 kun davomida Stivenning qayiği oqim yordamida Atalantika okeani böylab 3300 kilometr (1800 dengiz mili) masofani bosib ötgan edi.

Ertasi kuni Stivenning qayiğini mahalliy baliqçilar payqab qolişadi. Bir gala quşlarning qandaydir rezina qayiq tepasida aylanişi ularning e’tiborini tortgandi.

Foto: sea.wreia.us

Baliqçilar Stivenni suvdan olib çiqib, darhol şifoxonaga olib borişadi. Şunda u 20 kilogrammga ozib ketgani, dengizning şör suvi uning terisini şikastlagani aniqlanadi.

Şundan söng dunyoning eng maşhur gazetalarida u haqda maqolalar çop etiladi. Telekanallar u haqda reportajlar va körsatuvlar qilişadi. Şu tariqa u jahonga maşhur böladi.

Avtobiografik asar va film

Stiven uyga qaytganidan söng soğligini tiklab, işiga qaytadi. Quvvati tiklangaç yana yaxta sporti musobaqalarida qatnaşa boşlaydi. Bu haqda uning özi şunday deydi:

«Siz öylaganingizdan köra kuçliroq va çidamliroqsiz. Ötmişda şunday holatga tuşib qolgan odamlar bilan suhbatlaşdim. Ularning barçasi qiyin vaziyatga tuşib qolganidan afsuslanmaydi. Şu jumladan men ham. Men mislsiz maşaqqatga duç kelib özimni va dunyoni yaxşiroq angladim».

Şundan söng Stiven uzoq yillar davomida AQŞdagi kemasozlik universitetlarida ham ma’ruzalar öqiydi. Leksiyalardan birida u talabalarga boşidan ötkazgan sinovlarni, 30 yoşga tölgan kunini Atlantika okeanida yolğizlik va umidsizlikda, 60 yoşga tölgan kunini oqqondan davolanayotganda şifoxonada ötkazganini aytadi.

Foto: irecommend.ru

1986 yilda Stiven okeanda qanday qilib jon saqlab qolganini hikoya qiluvçi asarini yozadi. Asar «76 kun dengiz asirligida» nomi bilan New-York Times gazetasida 36 hafta davomida davomli çop etiladi. Asar öquvçilar tomonidan iliq kutib olinadi

Biroz ötib Stivenning asari kitob holida çop etiladi va bir neça yil davomida dunyoning köplab tillariga tarjima qilinadi.

Keyinçalik, 2012 yilda rejissyor Eng Li Stivenni özi suratga olayotgan «Pining hayoti» filmida rejissyor maslahatçisi sifatida işlaşga taklif etadi. Mazkur filmda ham Stivenga öxşab okeanda uzoq vaqt yolğiz qolib ketgan hind yigitining taqdiri hikoya qilinadi.

Film suratga olinayotganda Stiven rejissyor va boş rolni ijro etgan aktyorga uzoq kunlar davomida oçiq dengizda qanday qilib jon saqlagani haqida öz tajribalarini örtoqlaşadi.

Foto: «Pining hayoti» filmidan kadr

«Bir kun menga rejissyor Eng Li qönğiroq qildi va suratga olayotgan filmida iştirok etişimni söradi. Men mavzuni ham, vazifamni ham bilmasamda darhol rozi böldim. Suratga oliş maydonçasiga borganimdan söng loyiha haqida gapirib berişdi. Boş qahramon rolini öynayotgan aktyorga suvda özini qanday tutişda, sahna bezaklarida yordam berdim. Suratga oliş tugagandan söng rejissyor mendan taassurotlarimni söradi. Men ğurur bilan «Bu 76 kun okeanda qolib ketişdan ham qiyinroq böldi» deb javob berdim», degan edi Stiven intervyularidan birida.

Garçi Stivenning asari film qilinmagan bölsa ham, uning hayoti haqida bir neçta hujjatli film suratga olingan.

Foto: Wikipedia

Bugun Stiven 70 yoşda. U hanuzgaça turli universitetlar va akademiyalarda leksiya öqiydi. Sayohatlari bitilgan maqolalarni OAV da çop etib turadi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.