Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlashga imkon berildi
2022/23 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi. Ayrim arizalar ma’lum sabablarga ko‘ra rad etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
14:36 / 25.06.2026
Samarqand viloyati hokimi o‘qituvchilarni ko‘cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi
12:17 / 22.06.2026
2025 yil OTMni bitirganlarining o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
21:33 / 21.06.2026